Barça e’tibor Özbekistonga 14 sentabrdan 6 oktyabrgaça futzal böyiça jahon Çempionatining markaziga aylangan mamlakat sifatida qaratilmoqda. Futzal böyiça FIFA jahon kubogi safari yakunlangaç, hayajon kuçaymoqda va 24 jamoa ğalaba uçun kuraşişga tayyor.


Kubok turi nafaqat Özbekistondan, balki dunyoning boşqa mamlakatlaridan kelgan futbolçilar, muxlislar va sport mutaxassislarining e’tiborini tortdi. Kubok safari doirasidagi tadbir mehmonlari afsonaviy kubok bilan suratga tuşiş imkoniyatiga ega bölişdi. Tadbirning eng muhim voqealaridan biri Coca-Cola kompaniyasining faollaşuvi böldi. Brend tadbirlar va dam oliş maskanlarini taşkil qildi, muxlislarga tadbirdan zavqlaniş va qulay muhitda dam oliş imkoniyatini beradi. Şuningdek, fan zonasida turli master-klass ötkazildi, taşrif buyuruvçilar qayta işlangan plastmassadan tayyorlangan közoynak ğiloflarni yiğiş va Coca-Cola ekologik kun tartibi haqida ma’lumot oliş imkoniyatiga ega bölişdi.

Ta’kidlaş joizki, Coca cola turnirdagi iştiroki Barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişişga kömaklaşişga qaratilgan edi. Tur davomida yiğilgan umumiy oğirligi 50 kilogramm bölgan PET-plastikning barçasi qayta işlaşga topşirildi, bu kompaniyaning ekologik mas’uliyat va sayyoramiz kelajagi uçun ğamxörligiga sodiqligini tasdiqlaydi.


"Yirik brendlar umumiy maqsadlarga erişiş uçun FIFA bilan hamkorlik qilayotganini köriş juda yoqimli. Coca cola nafaqat biz uçun ajoyib muxlislar zonasini tayyorladi, balki atrof-muhitga sodiqligini ham namoyiş etdi. Bu sport va sayyoramizga ğamxörlik örtasidagi boğliqlikni qanday örnatiş mumkinligiga misol", - deya öz taassurotlari bilan örtoqlaşdi tadbir mehmoni.

Kubok turining yakunlanişi muxlislar uçun yangi hayajonli bosqiçni boşlab beradi - 14 sentabrdan 6 oktyabrgaça Toşkent, Buxoro va Andijonda Markaziy Osiyoda ilk bor ötkaziladigan FIFA Futzal böyiça Jahon çempionati. Uşbu tadbir barça sport işqibozlari uçun unutilmas voqeaga aylanib, iştirokçilar va tomoşabinlarda yorqin xotiralar qoldirişga va’da bermoqda.









