Air Samarkand aviakompaniyasining Airbus A-330-302 samolyoti / Foto: Kun.uz

Flightradar resursidan körinişiça, 24 may kuni Air Samarkand aviakompaniyasining 9S1021 reys bilan parvoz qilgan, UK33001 raqamli Airbus A-330-302 samolyoti Pokistonning Hindiston bilan çegara yaqinida joylaşgan Lohur şahrigaça borib, ekipaj kutiş zonasida osmonda bir neça bor aylanib, söngra Toşkent xalqaro aeroportiga qaytişga majbur bölgan. 

Bu reys bilan uçgan yölovçilardan birining Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, aviakompaniya Hindiston tomoni bilan bu davlat osmonini kesib ötiş böyiça kelişa olişmagan.

Kun.uz holat yuzasidan Air Samarkand'ning yerda xizmat körsatiş boşqarma boşliği Alişer Suyunov bilan boğlandi. Uning aytişiça, aviatsiyada bunday holatlar bölib turişi tabiiy.

“Biror davlatga borilsa, har bir havo hududidan ruxsatnoma oliş kerak böladi. Şu ruxsatnoma olinmasa, [ustidan uçib ötilişi kerak bölgan] davlat noqonuniy kirib kelgan immigrant sifatida köradi. Bilişimça, bu vaziyatda biroz tuşunmovçilik bölgan. Çunki ruxsatnoma olişda har bir davlatning öziga yaraşa talablari bor. Hindiston bilan bu borada biroz tuşunmovçilik yuzaga kelgan, bilişimça”,– dedi u.

Qöşimça qilinişiça, ayni vaqtda bu muammo hal qilingan. Yölovçilarning hammasi mehmonxonaga joylaştirilgan. Keçki soat 18:00da ularning samolyoti Viyetnam tomon uçişi kutilmoqda.

“Heç qanday şikoyat yöq, passajirlarning bir kunlik mehmonxona xizmati, ovqati tölab berildi”,– deydi aviakompaniyaning vakili.

Ma’lumot uçun, Air Samarkand aviakompaniyasi 2022 yilda Samarqand xalqaro aeroporti bazasida taşkil etilgan va öşa yilning 12 dekabrida ommaga ilk bor e’lon qilingan. Ekspluatatsiya sertifikati aviakompaniya 2023 yilning dekabrida qölga kiritgan va ötgan yilning 29 dekabrida Samarqanddan Istanbulga ilk tijoriy qatnovini amalga oşirgan.

Aviakompaniyada ayni vaqtda 2 ta Airbus A-321 va bitta Airbus A330-300 samolyoti mavjud. Pokistondan qaytişga majbur bölgan, 36 ta biznes va 277 ta ekonom klassdagi örindiqlarga ega va UK33001 qayd etiş belgili Airbus A330-300 samolyotining yoşi 13,6 ga teng. Samolyot avval China airlines aviakompaniyasi parvozlarida qatnagan.