Air Samarqand aviakompaniyasi öz xodimlarining iş haqlarini tölamayotgani bilan boğliq holatni Özbekiston Bandlik vazirligi nazoratga oldi.
Vazirlik matbuot xizmati 30 sentabr kuni bergan xabarga köra, bugunga qadar Air Samarkand'ning önga yaqin xodimidan iş haqlari tölanmayotgani böyiça arizalar kelib tuşgan.
“Ularning iyun-avgust oylarida tölanmagan 3 oylik iş haqlarini undiriş yuzasidan Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan jami 1,5 mlrd sömlik da’vo arizalari kiritildi.
Da’vo talabida qonunçilikka asosan keçiktirilgan har bir kun uçun pulli kompensatsiyani qöşib hisoblagan holda undirib berişni sörab, fuqarolik işlari böyiça Samarqand şahar sudiga murojaat qilingan”, – deyiladi xabarda.
Vatandoşlar mehnat faoliyatlariga doir murojaatlarini 1176 yoki (71)-200-06-00 işonç raqamlari yoki Telegram'dagi @munosibmehnat_bot orqali qoldirişlari mumkin.
Avvalroq Rossiyaning ellikka yaqin fuqarosi 3 oydan beri Air Samarkand'dan maoş ololmayotgani haqida xabar tarqalgaç, kompaniya bayonot bergan va bu muammoni samolyotlarga texnik xizmat körsatiş bilan boğliq kutilmagan xarajatlar tufayli moliyaviy muammolar yuzaga kelgani bilan izohlagan edi. Iş beruvçi qarzdorlikni tezroq qoplaşga “ustuvor vazifa” deb qaralayotganini ma’lum qilgan.

















