Aniqlanişiça, «MEGA AZIYA COAL AND QUARTZ» masʼuliyati çeklangan jamiyati mansabdor şaxslari faqat geologik örganiş huquqini beruvçi ruxsatnomaga ega bölgan. Biroq ular uşbu ruxsatnomadan özboşimçalik bilan foydalanib, Zarmas kömir konidan kömir qazib oliş va uni sotiş bilan şuğullangan.

IIV tezkor-qidiruv departamenti hamda Qaşqadaryo viloyati IIB tezkor-qidiruv xizmati xodimlari hamkorligida ötkazilgan tadbirda korxona işçilaridan biri qölga olingan. U 500 tonna noqonuniy qazib olingan kömirni xaridorga 350 million sömga sotişga kelişib, şundan 50 million sömini olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Şuningdek, kömir koniga yöl quriş bahonasida muhofaza etiladigan davlat örmon xöjaligi hududida 24 tup noyob Zarafşon arçasi, 9 tup uçqat daraxti va 3 mingga yaqin buta ildizi bilan qöporib taşlangan. Buning oqibatida tabiatga 480 million sömdan ortiq zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan korxona rahbari va boşqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 229-moddasi hamda 198-moddasi uçinçi qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.