Davlat aktivlarini boşqariş agentligi maʼlumotiga köra, auksion 2026-yil 9-noyabr kuni “E-auksion” platformasida ötkazilgan. Binoning boşlanğiç qiymati 165,5 mlrd söm etib belgilangan edi.
Onlayn savdo 2 soat 50 daqiqa davom etdi va 52 ta taklifdan söng Jarkurgan Build Group kompaniyasi auksion ğolibi böldi.
Yakuniy narx esa boşlanğiç narxdan 52 foizga yuqori böldi.
Korxona va taşkilotlarning yagona reyestriga köra, Jarkurgan Build Group 2024-yilda taşkil qilingan, turar joy binolarini quriş bilan şuğullanadi. Toşkent şahri Yaşnobod tumanida joylaşgan, ustav fondi - 28,6 mlrd söm.
Kompaniyaning 61,51 foiz uluşiga Palace of Energy firmasi, qolgan 38,49 foiziga esa Dilmurod Siddiqov egalik qiladi.
Agentlik binosi Toşkent şahrining Mirobod tumanida joylaşgan. U 2025-yil avgust oyida ham ayni boşlanğiç narxda oçiq auksion savdolariga çiqarilgan.
Obyekt maydoni 0,66 gektarni, bino va inşootlarning umumiy maydoni esa 11 ming kvadrat metrni taşkil etadi.

Obyektning sotilişi vazirlik va idoralarni Yangi Toşkentga köçiriş dasturi doirasida amalga oşirilmoqda. Dastur poytaxtdagi 83 ta köçmas mulk obyektini sotişni nazarda tutadi.
Davlat aktivlarini boşqariş agentligiga köra, hozirgaça Toşkent şahrida vazirlik va idoralarning 8 ta maʼmuriy binosi jami 1 trln 120,4 mlrd sömga sotilgan. Yana 11 ta obyekt 1 trln 20,5 mlrd sömlik boşlanğiç qiymat bilan savdoga qöyilgan.
Böşatilayotgan maʼmuriy binolarni sotişdan tuşadigan mablağlar Yangi Toşkentda maʼmuriy infratuzilma barpo etişga yönaltirilişi rejalaştirilgan.




