Prezident Şavkat Mirziyoyevning Buxoro viloyatiga taşrifi arafasida “Qoraköl” erkin iqtisodiy zonasida “Enpipe” korxonasi işga tuşirildi.
Rasmiy relizga köra, umumiy qiymati 58 mln dollar bölgan loyiha töliq xorijiy investitsiya hisobidan amalga oşirilgan. Zavodga Xitoy, Turkiya, Niderlandiya va Ispaniyadan zamonaviy uskunalar keltirib örnatilgan, yiliga 300 ming tonna metall quvurlar işlab çiqariş taşkil etilgan.
“Töğri çokli uslubda tayyorlanuvçi bu quvurlar yuqori bosimga va taşqi ta’sirlarga çidamliligi bilan ajralib turadi. Ilgari bunday mahsulotlar, asosan, xorijdan olib kelinar edi. Taşişda quvurlar hajmi köp joy egallagani uçun narxi ham qimmatga aylanardi.
Endi turli qalinlikdagi metallar list şaklida olib kelinib, şu yerda tayyorlanmoqda. Buning samarasida tannarx 25 foiz arzonlaşdi.
Gaz-kimyo va toğ-kon sanoati, quriliş va boşqa sohalarda bunday çidamli quvurlarga talab yuqori. Xususan, şu yerda qurilayotgan MTO gaz-kimyo majmuasida ham şundan foydalaniladi.
Korxonada 400 dan ortiq kişi doimiy iş bilan ta’minlandi”, – deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Şavkat Mirziyoyevga korxonaning rejalari, navbatdagi bosqiçlar haqida ma’lumot berildi.


Loyihaning ikkinçi bosqiçini amalga oşiriş uçun işlar boşlab yuborilgan. Unda bosimga bardoşli turli hajmdagi rezervuarlar işlab çiqariladi. Yana 500 ta yangi iş örni yaratiladi.
Loyiha töliq quvvat bilan işlasa, 121 million dollarlik mahsulotlar tayyorlaş imkoni tuğiladi. Korxonaning eksport salohiyati yanada ortadi.
Davlat rahbari şu yerda ommaviy axborot vositalari vakillari bilan suhbatlaşdi.
“Bugun Buxoroga kelişimizdan maqsad 2 milliondan ziyod aholining turmuşini yaxşilaş, daromad manbai yaratiş, kambağallikni qisqartiriş. Viloyatning köp joyida ekin ekiş uçun yerning şörini yuviş kerak. Şuning uçun biz köproq sanoatga e’tibor berayapmiz. Mana şu zavodni ham nima uçun qurdik? Bunday quvurlarni olib keliş uçun köp pulimiz yölga ketardi. Bugun yana yangi inşootlar qurilişini boşlaymiz. Ularning atrofida bir neçta korxonalar, iş örinlari paydo böladi. Pirovard natijada odamlarning uyiga yoruğlik, işonç va umid kiradi. Ana şu umid bizlarni birlaştiradi, – dedi prezident.

Ma’lumot uçun, “Qoraköl” erkin iqtisodiy zonasi prezidentning 2021 yil 13 avgustdagi qaroriga asosan taşkil etilgan. Umumiy maydoni – 566 gektar bölib, 5 ta yirik loyiha joylaştirilgan. Ular bosqiçma-bosqiç amalga oşirilib, yakunda uç mingga yaqin iş örni yaratilişi möljallangan.












