Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuni munosabati bilan oilaviy uylarni taşkil etgan, fidoyi, öz işiga sadoqatli insonlar taqdir taqozosi bilan ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalari bilan birga Senatga taşrif buyurişdi. Uçraşuvda davlat tomonidan bolalarning manfaatlarini ta’minlaş borasida olib borilayotgan işlar, mehribonlik uylarining örniga bolalarning oilaviy uylarda tarbiyalanişi ahamiyati, bolalarning salohiyatini yuzaga çiqariş borasidagi imkoniyatlar yuzasidan fikr almaşilgan.

Senat raisi Tanzila Norboyeva bayram munosabati bilan tabrik ham yöllab, mazkur bayram barçaga oilalarning, davlatning ğururi va iftixori farzandlar ekanini eslatib turişini ta’kidlab ötdi.
“Hammamizga ayonki, zamonaviy bilimga ega, ma’naviyatli, öz qadrini anglagan insonlar yaşaydigan davlat boşqa mamlakatlar bilan raqobatdoş böla oladi.
Oila institutini mustahkamlaş, onalik va bolalikni muhofaza qiliş, bolalarni har tomonlama komil inson qilib tarbiyalaş – mamlakatimiz ijtimoiy siyosatining özgarmas tarkibiy qismidir. Lekin davlatimiz tomonidan körsatilayotgan har qanday yordam va qöllovdan ham köra, har bir bola haqiqiy mehrni oilada, öz yaqin insonlaridan oladi.
Oilaviy bolalar uylarida tarbiyalanayotgan bolalarimiz, ularni bağriga olgan fidoyi insonlar bilan ötkazgan suhbatimiz buning yorqin isbotini körsatdi”, deya ta’kidlagan Tanzila Norboyeva öz tabrigida.
Şuningdek, Surxondaryo viloyatiga taşrif buyurgan Senat raisi Angor tumanida istiqomat qiladigan köp bolali Hoşimovlar oilaviy mehribonlik uyiga borib, bolalarni bayram bilan qutladi.














