3-4 iyun kunlari Toşkentdagi IT-parkda GAMEFEST xalqaro öyin va animatsiya festivali bölib ötdi. Kreativ iqtisodni tarğib qiluvçi tadbir Raqamli texnologiyalar vazirligi va Aloqabank hamkorligida ötkazildi.

Bu dunyo böylab öyin sohasidagi mutaxassislar va işlab çiqaruvçilarni birlaştiruvçi tadbir bölib, unda turli kompaniya va öyin işlab çiqaruvçilar öyin işqibozlari bilan uçraşişdi.

Raqamli texnologiyalar vazirligi va Aloqabank kömagida ötkazilayotgan uşbu festivalda qatnaşçilarga AloqaBank Visa bank kartalari sovğa qilindi va bu orqali onlayn tölovlarni, xalqaro pul özkazmalarni amalga oşiriş mumkin. Eslatib ötiş kerakki, AloqaBank Visa kartalari dunyoning 200 dan ortiq davlat va hududlarida qabul qilinadi.

GAMEFEST Özbekistonda birinçi bor ötkazildi. Uşbu innovatsion taşabbus strategik jihatdan Özbekistonda va xalqaro miqyosda kreativ iqtisodiyotni rivojlantirişga qaratilgan bölib, öyin sanoatining asosiy roli va uning xalqaro iqtisodiyotga çuqur ta’siriga alohida e’tibor yönaltirilgan.

“Bugungi GAMEFEST xalqaro öyin va animatsiya festivalidan asosiy maqsad köproq özbekistonlik yoşlarni xalqaro IT kompaniyalarda Özbekistondan turib işlab, ularni yurtimizga jalb qiliş. Xalqaro miqyosda kreativ iqtisodiyotni rivojlantirişni Özbekistonga olib keliş va şu orqali yoşlarimizni köproq öyin öynaş emas, köproq öyinlar yaratişga, xalqaro va mahalliy öyinlarni yaratib butun dunyoga eksport salohiyatini oşirişda hissa qöşişga qaratilgan”, deydi Raqamli texnologiyalar vaziri örinbosari Rustam Karimjonov.

Öyinlar körgazmasi — dunyo böylab öyin işlab çiqaruvçilarni bilaştiruvçi maydon hisoblanadi. Festivalda iştirokçilar turli kompaniya va öyin işlab çiqaruvçilar bilan uçraşiş imkoniga ega bölişdan taşqari, VR va AR‘ning hayajonli dunyosiga şönğib, kibersport turnirlari va animatsiya studiyalaridan zavqlangan holda keng turdagi öyinlarni kaşf etişlariga imkon yaratildi.

Forum bu — öyin sohasi mutaxassislari, işqibozlar va intiluvçan ijodkorlar öyin sanoatining kreativ iqtisoddagi asosiy rolini ta’kidlaş uçun birlaşadigan dinamik tadbir sanaladi. Uşbu qiziqarli tadbirda bilim almaşiş sessiyalari, netvorking imkoniyatlari va mazmunli muhokamalar hamda soha mutaxassislari bilan savol-javob sessiyalari bölib ötdi. 

Reklama