Qarşi şahrida kuçli şamol bino tomini qulatdi. Qaşqadaryo viloyati FVB hodisa yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.

Maʼlum qilinişiça, 9-noyabr kuni Qarşi şahrida qisqa vaqt davomida kuçli şamol kuzatilgan. Oqibatda binolardan birining tom konstruksiyasi qulab, harakatlanayotgan maşina ustiga tuşgan.

Hodisa yuzasidan qutqaruv xizmatiga murojaat kelib tuşmagan. Şunga qaramay, Qarşi şahar favqulodda vaziyatlar bölimi inspektorlari voqea joyiga yetib borib, holatni örgangan.

Tegişli xizmatlar jalb etilgan holda yöl ustida qolgan tom konstruksiyalari olib taşlanib, harakat xavfsizligini taʼminlaş çoralari körilgan.

Hodisa oqibatida heç kim tan jarohati olmagan.