Rossiya Taşqi işlar vazirligi Ukrainaning unga berilgan Amerika qurollaridan foydalanişi haqidagi qarorlarning «halokatli oqibatlari» töğrisida ma’lum qildi. «Noma’lum sabablarga köra, ular qabul qilişlari mumkin bölgan javob jiddiyligiga yetarliça baho bermayapti», dedi Rossiya taşqi işlar vaziri örinbosari Sergey Ryabkov.
U Vaşingtonni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning bergan bayonotlarini «örganişga vaqt sarflaşga» çaqirdi. «Bu juda muhim ogohlantiriş va uni juda jiddiy qabul qiliş kerak», - deya qöşimça qildi Rossiya TIV rahbari örinbosari.
Qator Ğarb davlatlari Ukrainaga Rossiyadagi harbiy nişonlarga zarba yöllaşga ruxsat berdi
Sönggi kunlarda Rossiyaning Xarkiv viloyatiga hujumlari kuçaygan bir paytda, qator davlatlar özini Rossiyadan himoya qilayotgan Ukrainaga Rossiya hududidagi harbiy nişonlarga hujum qiliş uçun taqdim etgan qurollardan foydalanişga ruxsat berdi. Bunday bayonotlar Fransiya, Litva, Latviya, Kanada, Şvetsiya, Estoniya, Polşa, Germaniya, Finlandiya, Çexiya, Britaniya va Niderlandiya tomonidan qilingan. Şuningdek, AQŞ ma’muriyati Kiyevga Rossiya Federatsiyasidagi nişonlarga zarba yöllaşga norasmiy tarzda ruxsat berdi. Öz navbatida, Belgiya Ukrainaga Rossiya Federatsiyasiga hujum qiliş uçun qurol işlatişiga ruxsat bermasligini ma’lum qildi. Avvalroq NATO va Yevropa Ittifoqi Ukraina Qurolli kuçlari tomonidan Ğarb qurollaridan foydalanişga qöyilgan çeklovlarni bekor qilişga çaqirgan edi.
May oyining oxirida Putin «NATO davlatlari, ayniqsa Yevropadagi kiçik davlatlar vakillari nima bilan öynaşayotganidan xabardor bölişlari kerak», dedi. Bundan taşqari, Rossiya Federatsiyasi va Belarus taktik yadro qurolini qöllaşni sinovdan ötkaziş böyiça qöşma maşğulotlarni boşladi.













