Çet elliklar Rossiyada endi rusiyzabon maqomini ololmaydi va unga boğliq imtiyozlarga ega bölolmaydi. Tegişli qonun loyihasi Davlat Dumasiga körib çiqiş uçun taqdim etildi, deb xabar berdi «Rossiyskaya Gazeta».
Ilgari, uşbu maqomdagi çet elliklar, yaşaş uçun ruxsatnoma va Rossiya fuqaroligini oliş uçun murojaat qilişi mumkin edi. Çet el fuqarolarini rusiyzabon sifatida tan oliş tartibi ötgan yili bekor qilingan, biroq bir qator qonunlarda uşbu maqom egasi olişi mumkin bölgan imtiyozlar mavjud edi. Hukumat tomonidan tayyorlangan qonun loyihasi ularni bekor qilişi kerak.
Qonunçilikdagi bosqiçma-bosqiç özgarişlar qonun hujjatlariga özgartirişlar kiritilgunga qadar rusiyzabon maqomini olgan odamlarga yaşaş uçun ruxsatnoma va Rossiya fuqaroligini oliş uçun qonunda nazarda tutilgan imkoniyatlardan foydalaniş imkonini berdi.
Şu bilan birga, qonun loyihasida «qondoş tamoyili» asosidagi ehtimoliy rusiyzabonlarga nisbatan istisnolar ham mavjud. Ya’ni, Rossiya imperiyasi yoki SSSR hududida doimiy yaşagan odamlar Rossiya fuqaroligini soddalaştirilgan tartibda oliş huquqini saqlab qoladi. Ularga yaşaş uçun ruxsatnoma berişning soddalaştirilgan tartibini saqlab qoliş nazarda tutilgan.
Ularning yaqin qarindoşlari ham soddalaştirilgan tartibdan foydalanişi mumkin, deb tuşuntirdi «Migrant servis» ilovasining ijroçi direktori Andrey Kladov.
2015 yildan 2023 yilgaça Rossiya Içki işlar vazirligining hududiy organlariga 209 mingdan ortiq çet el fuqarolari rusiyzabon maqomini oliş uçun ariza bilan murojaat qilgan. Ulardan 49 mingtasiga yaşaş ruxsatnomasi berilgan, deyiladi qonun loyihasi ilovasida.
Şu bilan birga, ma’lumotlar tahlili şuni körsatadiki, rusiyzabonlar orasidan Rossiya fuqaroligiga da’vogarlarning 70 foizidan ortiği boşqa asoslarga köra yaşaş uçun ruxsatnoma olgan.
Şuningdek, qonun loyihasida malakali mutaxassislarga yaşaş uçun ruxsatnoma oliş muddati ham tartibga solinadi. Ilgari, ular 6 oydan söng yaşaş uçun ruxsatnoma olişga, 1 yildan keyin esa fuqarolik uçun ariza berişi mumkin edi. Endi bunday mutaxassis Rossiyada 1 yil işlagandan keyin yaşaş uçun ruxsatnoma olişi mumkin, ammo fuqarolikni oliş imkoniyati umuman nazarda tutilmagan.
Hujjat mualliflari qonunçilikdagi uşbu özgartirişni malakali mutaxassislar Rossiya fuqaroligini soddalaştirilgan tartibda oliş huquqiga ega bölgan şaxslar sifatida tasniflanmagani bilan izohlaydi. Çunki uning konsepsiyasi Rossiya fuqaroligini rasmiy mezonlar asosida berişni nazarda tutmaydi, şaxs va Rossiya Federatsiyasi örtasida haqiqiy aloqa mavjudligini hisobga olmaganda, albatta.
Qonun loyihasidagi boşqa me’yorlarga köra, Rossiya fuqaroligidan ixtiyoriy ravişda voz keçganlar Rossiya hududida 90 kungaça qolişi mumkin böladi. Ular yaşaş uçun ruxsatnomani soddalaştirilgan tartibda olişi mumkin.
Ammo qalbaki, soxta yoki haqiqiy bölmagan hujjatlar taqdim etganlar, şuningdek, yolğon ma’lumotlar asosida fuqarolik olganlar 15 kun içida mamlakatni tark etişi şart. Qonunda bunday odamlarning yaşaş uçun ruxsat oliş imkoniyati belgilanmagan.












