Rossiyaning sobiq prezidenti Dmitriy Medvedev, tarğibotçilar Vladimir Solovyov va Margarita Simonyan, şuningdek, boşqa rossiyaliklar «ommaviy nafrat olovini yoqqani» uçun Xalqaro jinoiy sudning tergov obektiga aylanişi mumkin. Bu haqda Voice of America xabar berdi. 

Inson huquqlari böyiça xalqaro federatsiya (FIDH) Xarkiv inson huquqlari guruhi va boşqa huquq himoyaçilari bilan birgalikda Xalqaro jinoiy sud (XJS) prokuraturasiga murojaat yölladi. Huquq himoyaçilarining ta’kidlaşiça, bir qator Rossiya fuqarolari «ommaviy nafrat uyğotiş» bilan şuğullanmoqda, bu insoniyatga qarşi jinoyatdir. 

Murojaatda Medvedev, Solovyov va Simonyandan taşqari «Rossiya segodnya» davlat media guruhi rahbari Dmitriy Kiselev va teleboşlovçi Sergey Mardan ham bor. Huquq himoyaçilariga köra, bu şaxslar Ukrainaning tinç aholisiga nisbatan nafrat uyğotgan va şu orqali Ukrainaning bosib olingan hududlarida rus askarlari tomonidan sodir etilgan harbiy jinoyatlarni rağbatlantirgan va osonlaştirgan. 

Murojaatda Rossiya prezidenti ma’muriyati rahbari birinçi örinbosari Aleksey Gromov ham tilga olingan. U Rossiya media makonida uşbu nafrat kampaniyasining taşkilotçisi deb aytilgan. 

«Har kuni ukrainaliklar rus bombalari ostida halok bölmoqda, ukrainalik bolalar Rossiyaga deportatsiya qilinmoqda (...) Buni Rossiya tarğibotçilarining noinsoniy taşviqotisiz amalga oşiriş mumkin emas edi. Ular Ukraina tinç fuqarolarini öq otib öldirganlar bilan teng aybdor», dedi FIDH vitse-prezidenti Aleksandra Matviyçuk. 

FIDH 2022 yil 24 fevraldan 2024 yil 24 fevralgaça bölgan vaqt oraliğida jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan tarğibotçilarning 2 mingdan ortiq videolarini tahlil qilgan. XJSga taqdim etilgan 110 sahifali taqdimnomada tarğibotçilarning insoniyatga qarşi jinoyatga teng bölgan nafratni qözğatuvçi 300 dan ortiq bayonoti aniqlangan.