Ukraina harbiy samolyoti birinçi marta Rossiya hududida joylaşgan nişonga zarba berdi. Bu haqda 9 iyun, yakşanba kuni Britaniyaning Sky News telekanali ukrainalik harbiy manbaga tayanib xabar tarqatdi.

Telekanal suhbatdoşiga köra, Belgorod hududidagi «Rossiya qömondonlik markazi» zarbaga uçragan. Uşbu hujumda qanday turdagi öq-dorilar qöllangani va Ğarb qurollaridan foydalanilgani masalasi hozirça oşkor etilmadi.

Rossiyada qanday nişon möljalga olindi?

«Ukraina Havo kuçlari missiyasi Belgoroddagi Rossiya qömondonlik markaziga zarba berdi, - deb xabar qildi Britaniya telekanali. - Zarar hali baholanmoqda, bu Ukraina Havo kuçlari tomonidan Rossiya hududidagi nişonga qarşi otilgan birinçi öq-doridir».

Fransiya va AQŞ Ukrainaning Rossiyaga zarbalari haqida 

Avvalroq AQŞ va Fransiya Kiyevga uşbu davlatlar Ukrainaga taqdim etgan qurollardan Rossiya hududidagi harbiy nişonlarga zarba yöllaş, xususan, Ukrainaga hujumlar amalga oşirilayotgan Rossiya harbiy bazalarini «zararsizlantiriş» uçun foydalanişga ruxsat bergan edi. 

AQŞ prezidenti Jo Bayden Xarkiv şahrini himoya qiliş uçun AQŞ tomonidan taqdim etilgan qurollardan foydalanişni ma’qulladi. «Lord (Devid) Kemeron - Britaniya taşqi işlar vaziri - aniq fikr bildirmadi, faqat Britaniya qurollaridan qanday foydalanişni hal qiliş huquqi ukrainlarda qolişini aytib ötdi. Bu, jumladan, Ukraina qiruvçilaridan uçirilişi mumkin bölgan Storm Shadow qanotli raketalariga ham tegişli», deb eslatadi Sky News. 

9 iyun kuni Rossiya Mudofaa vazirligi Telegram’da Belgorod viloyati osmonida jami beşta uçuvçisiz uçiş apparati va bitta «Neptun-MD» raketasi havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan yöq qilingani haqida xabar berdi. 

Öz navbatida, Belgorod viloyati gubernatori Vyaçeslav Gladkov Telegram’da 9 iyun kuni Borisov tumanida uçuvçisiz uçoq hujumi oqibatida uç nafar rossiyalik harbiy yaralanganini ma’lum qildi. Bundan taşqari, Gladkov kun davomida bir neça marta Belgorod va mintaqaning boşqa aholi punktlariga raketa tahdidi haqida xabar bergan.