Xarkiv viloyatiga hujum qilişga uriniş paytida rus armiyasining yöqotişlari kuniga örtaça ming kişini taşkil etgan. Bu raqamlarni 13 iyun, payşanba kuni Bryusselda Şimoliy Atlantika alyansi mudofaa vazirlari yiğilişi çoğida NATOning yuqori martabali amaldori ma’lum qildi.

Şu bilan birga, Rossiya har oyda 30 mingga yaqin odamni yollaydi, dedi u va buning natijasida rus qöşinlari inson resurslarini töldirişga muvaffaq bölganini ta’kidladi. Rasmiy Rossiyaning Xarkiv viloyatidagi hujumini qaytariş çoğida ukrainalik harbiylar yöqotişlari haqida xabar bermadi. Uning ta’kidlaşiça, Rossiya qöşinlarida katta muvaffaqiyatga erişiş uçun yetarli resurslar va jihozlar yöq, biroq ular bu sohalarda Ukraina Qurolli kuçlariga nisbatan ustunligini saqlab qolyapti.

NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg ham Rossiyaning yöqotişlari haqida şunday baho berdi.

NATO Rossiyaning Xarkiv yaqinida muvaffaqiyat qozonişini kutmayapti

Ayni paytda, Pentagon rahbari Lloyd Ostin şu kuni NATO qarorgohida ötkazilgan matbuot anjumanida ittifoqçilar Rossiya qöşinlarining Xarkiv viloyatida sezilarli muvaffaqiyatga erişişidan endi qörqmasligini aytdi. Vaşingtonning ta’kidlaşiça, front bu qismida vaziyat ötgan haftalarga nisbatan barqarorlaşgan, ukrainaliklar esa çiziqni uşlab, öz pozitsiyalarini mustahkamlagan bir paytda Rossiya olğa siljişi sekinlaşgan.

Alyans buni Ukraina Qurolli kuçlariga qurol yetkazib beruvçi qator davlatlar Ukraina armiyasiga ulardan Xarkiv yaqinidagi hujumni qaytariş uçun Rossiya hududida foydalanişga ruxsat bergani bilan izohladi.