NATO Boş kotibi Yyens Stoltenberg Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan ilgari surilgan Ukrainada öt oçişni töxtatiş va tinçlik muzokaralarini boşlaş haqidagi şartlarni tanqid qildi. Bu haqda u NATO mudofaa vazirlari yiğilişidan keyingi matbuot anjumanida ma’lum qildi.
«Ukraina öz hududidan qöşinlarini olib çiqib ketişi emas, aynan Rossiya öz qöşinlarini bosib olingan Ukraina hududlaridan olib çiqib ketişi kerak», dedi Stoltenberg.
Uning fikriça, Putin tomonidan aytilgan şartlar Rossiya Ukrainaning yanada köproq hududini nazorat qilişni xohlayotganini körsatadi.
«Bu taklif yaxşi niyatni anglatmaydi. Bu taklif aslida Rossiya özining harbiy maqsadlariga erişmoqçi ekanini, ukrainaliklar Rossiya hozirgaça egallab olgan yerdan sezilarli darajada köproq yerdan voz keçişini kutayotganini anglatadi», dedi alyans boş kotibi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 14 iyun kuni Ukrainada harbiy harakatlarni töxtatiş va tinçlik muzokaralarini boşlaş şartlarini aytib ötdi. Uning taklifiga köra, Ukraina Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporojiye viloyatlari hududidan qöşinlarini töliq olib çiqişni boşlaşi, şuningdek, NATO a’zosi böliş rejalaridan voz keçganini rasman e’lon qilişi kerak.
Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatçisi Mixail Podolyak Putinning şartlarini «tajovuzkorlarning bir neça bor yangragan standart iboralari» deb atadi.












