24 iyun kuni Janubiy Koreyadagi litiy batareyalari işlab çiqariladigan zavodda çiqqan yonğin kamida 22 kişini hayotdan olib ketdi.
Yonğin duşanba kuni tongda Seuldan taxminan 45 km janubda joylaşgan Hvasong şahridagi Aricell zavodida batareyalar portlaşidan boşlangan.
Mahalliy televideniye e’lon qilgan kadrlarda tutun buluti va kiçik portlaşlarni köriş mumkin, portlaşlar öt öçiruvçilar yetib kelib, işlayotganida ham davom etgan. Bino tomining bir qismi qulab tuşgan.
Janubiy Koreya dunyoda litiy batareyalari işlab çiqarişda yetakçi hisoblanadi. Ular köplab mahsulotlarda — elektromobillardan tortib noutbuklarni yasaşda foydalaniladi.
Öt öçiriş xizmati vakili Kim Jin Yon qurbonlarning 18 nafari Xitoy fuqarolari ekanini ma’lum qilgan, yana bir laoslik va ikki nafar janubiy koreyalik işçi ham halok bölgan. Hozirça barça jasadlarning ham şaxsiga aniqlik kiritilmagan. Şuningdek, kamida yana bir kişi bedarak yöqolgan deb hisoblanmoqda.
«Halok bölganlarning köpçiligi kuçli darajada kuyib ketgan, şu tufayli har bir kişini taniş uçun ma’lum vaqt ketadi», — deya Kimning sözlarini keltirgan AFP agentligi.

Yana sakkiz kişi jarohatlangan, şundan ikki nafari — oğir ahvolda. Yonğin boşlanganida bino hududida jami 100 ga yaqin kişi bölgan.
Mutaxassislarning sözlariga köra, batareyalar va akkumulyatorlar yonişi yonğinning öta murakkab şakliga olib keladi, bunday holatda alanga tez tarqaladi va odamlarni qutqariş uçun vaqt favqulodda kam böladi.
«Akkumulyatorlar uçun xomaşyo, masalan, nikel, juda tez alanga oladi. Boşqa materillar tufayli kelib çiqqan yonğinlar bilan taqqoslaganda, bunday yonğin sodir bölganda, köpinça reaksiya uçun vaqt yetarli bölmaydi», — deya vaziyatni izohlagan Tejon universiteti yonğinlar va tabiiy ofatlar oldini oliş sohasi böyiça professori Kim Je Ho Reuters agentligi bilan suhbatda.
U işçilarda özini qutqariş uçun vaqt juda kam bölganini ta’kidlagan.
Bunday yonğinlarni qum bilan öçirişga töğri keladi, çunki suv litiy bilan reaksiyaga kirişadi. Öt öçiruvçilar yonğinni töliq öçirişiga beş soat ketgan.
Yonğin boşlanganida Aricell zavodining ikkinçi qavatida tekşiruvdan ötkaziş va qadoqlaş uçun tayyorlab qöyilgan 35 mingga yaqin akkumulyator elementlari saqlanayotgandi.
Kim Jin Yonning sözlariga köra, yonğin ulardan bir qançasi portlaşi oqibatida kelib çiqqan.
Portlaşga aynan sabab bölgani hozirça aniq emas, ammo mutaxassislarning tuşuntirişiça, litiy batareyalari şikastlanganida yoki qizib ketganida portlaşi mumkin.












