Vengriya hukumati qarşiligiga qaramay, Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiya Markaziy bankining muzlatilgan aktivlaridan tuşgan foydadan 1,4 milliard yevroga yaqin harbiy yordam taqdim etadi. Bu qaror 24 iyun, duşanba kuni Yevropa Ittifoqi taşqi işlar vazirlarining Lyuksemburgda bölib ötgan yiğilişida ma’qullandi, dedi Yevropa Ittifoqi taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrel.

Uçraşuv oldidan Borrel Kiyevga mablağ ajratiş töğrisidagi qaror «har qanday tösiqlardan ötib ketişi» kerakligini ta’kidladi. Budapeşt bu jarayonga tösqinlik qila olmaydi, çunki Vengriya ilgari Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tuşgan foydani saqlab qoliş böyiça dastlabki kelişuv yuzasidan ovoz berişda betaraf bölgan va şuning uçun u «bu puldan foydalaniş qarorini qabul qilişda iştirok etmasligi kerak». Vengriya vetosidan qoçişga imkon bergan holat - mablağlar Yevropa Ittifoqi soliq tölovçilaridan tuşmagan. 

Politico ma’lumotlariga köra, Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan Ukraina oladigan mablağ miqdori hali aniqlanmagan, biroq diplomatlarga köra, u 1,2 yevrodan 1,4 milliard yevrogaça bölgan. Uşbu mablağlar Kiyevga Ukrainaga yordam fondi (UAF) orqali beriladi. 

YeIning Rossiyaga qarşi sanksiyalari 14-paketi tasdiqlandi 

Yevropa Ittifoqi kengaşi Ukrainaga qarşi davom etayotgan harbiy harakatlar uçun Rossiyaga qarşi joriy qilingan 14-sanksiya paketini ma’qulladi. Bu haqda kengaşning 24 iyun kuni çop etilgan press-relizida aytiladi. Tez orada yangi sanksiya çoralari va röyxatlari rasman e’lon qilinadi. «Uşbu çora-tadbirlar Rossiya iqtisodiyotining energetika, moliya va savdo kabi qimmatli tarmoqlarini nişonga olişga möljallangan va Yevropa Ittifoqi sanksiyalarini çetlab ötişni yanada qiyinlaştiradi», — deyiladi press-relizda.

Yangi sanksiyalar paketining asosiy bandlaridan biri Rossiya suyultirilgan tabiiy gaziga (STG) taalluqlidir: bundan buyon uçinçi davlatlar uçun möljallangan rus STGni Yevropa portlari orqali qayta eksport qiliş mumkin emas. Biroq, Rossiya Federatsiyasidan Yevropa Ittifoqi davlatlarining öziga STG yetkazib berişni taqiqlaş joriy etilmagan. Şuningdek, neft va neft mahsulotlari narxlari çegarasini çetlab ötiş uçun foydalanilgan Rossiya flotining 27 tankeriga, xususan, qurol-yaroğ yoki Ukraina donini taşişda foydalanilgan kemalarga nisbatan ham sanksiyalar e’lon qilindi.

Şuningdek, Yevropa Ittifoqi 55 jismoniy va 61 yuridik şaxsga nisbatan sanksiyalar kiritdi. Yuridik şaxslar yoki kompaniyalar Rossiya harbiy-sanoat majmuasini (HSM) töğridan töğri qöllab-quvvatlagani uçun röyxatga kiritilgan: gap uçinçi mamlakatlar - Xitoy, Turkiya, Qozoğiston, Qirğiziston va BAA kompaniyalari haqida ham ketyapti.