Yevropa Ittifoqi Kengaşi «jamoat tartibi va xavfsizligiga jiddiy va töğridan-töğri tahdid soladigan» Rossiyaning törtta ommaviy axborot vositasiga kirişni taqiqlaş haqidagi qarorni ma’qulladi. Qaror 24 iyun kuni Yevropa Ittifoqining rasmiy jurnalida e’lon qilindi.
Unda aytilişiça, 25 iyundan boşlab Yevropa Ittifoqida «RIA Novosti», «Izvestiya», «Rossiyskaya gazeta» va «Voice of Europe» saytlari bloklanadi.
Çeklovlar «Rossiyaning Ukrainadagi vaziyatni beqarorlaştiruvçi harakatlari» munosabati bilan qabul qilingan.
Yevropa Ittifoqi bayonotida qayd etilişiça, Rossiya davlati nazoratidagi ommaviy axborot vositalari taşviqot bilan şuğullanadi va «Rossiyaning Ukrainaga qarşi bosqinçilik uruşini qözğatiş va qöllab-quvvatlaş, qöşni mamlakatlardagi vaziyatni beqarorlaştirişda muhim rol öynaydi».
Yevropa Ittifoqi uşbu ommaviy axborot vositalari va ularning xodimlariga Yevropa Ittifoqida boşqa faoliyat bilan şuğullanişni, masalan, tadqiqot va intervyular olişni taqiqlamagan.
Rossiya Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova uşbu çoralarga Rossiya ham javob qaytarişini, bu haqda yaqin kelajakda e’lon qilinişini aytdi.












