Rossiya Yevropa Ittifoqining önlab ommaviy axborot vositalariga internet orqali kiriş imkoniyatini çekladi. Röyxatga 81 ta naşr va agentlik kiritilgan. Ular orasida Agence France-Presse, Politico, La Stampa, La Repubblica, El Pais, El Mundo, Der Spiegel va boşqalar bor.
Avvalroq, Yevropa Ittifoqi Rossiyaning «RIA Novosti», «Izvestiya» va «Rossiyskaya gazeta» naşrlarini tarğibotda ayblab, taqiqlagan edi. Rossiya bunga javoban Yevropa naşrlariga nisbatan çeklovlar joriy qilgani ta’kidlanmoqda.
«Rossiya tomoni rossiyalik jurnalistlarni siyosiy sabablarga köra ta’qib qiliş va Rossiya ommaviy axborot vositalariga Yevropa Ittifoqi hududida asossiz taqiqlar qöyiş e’tibordan çetda qolmasligi haqida bir neça bor ogohlantirgan», deyiladi Rossiya Taşqi işlar vazirligi saytida.
Röyxatga 25 davlatning naşrlari kiritilgan. Ular orasida Germaniyaning Die Zeit jurnali, Polşaning Belsat telekanali, Fransiyaning Le Monde va Liberation gazetalari, Eurobserver internet naşri, Şvetsiyaning SVT teleradiokompaniyasi bor. TIV qöşimça qilişiça, agar Rossiya ommaviy axborot vositalariga qöyilgan çeklovlar olib taşlansa, Rossiya tomoni ham «uşbu media operatorlariga nisbatan öz qarorini qayta körib çiqadi».












