Yevropa Ittifoqi taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrel Rossiya rasmiylarining Yevropa davlatlaridan bölgan 81 ta ommaviy axborot vositasiga mamlakatdagi faoliyatini bloklaş qarorini qoraladi. Yevropalik siyosatçi 26 iyun, çorşanba kuni Bryusselda bu qaror «mutlaqo asossiz» va «Rossiyada erkin va mustaqil axborotga kirişni yanada çeklaydi», dedi.

Bundan taşqari, Moskvaning qarori «Rossiyada ommaviy axborot vositalariga nisbatan qattiq senzurani kengaytiradi», dedi Jozep Borrel. Şuningdek, u Yevropa Ittifoqi Rossiya auditoriyasi uçun faktlarga asoslangan ma’lumotlarning mavjudligini qöllab-quvvatlaşda davom etişiga işontirdi. Yevropa diplomatiyasi rahbari Yevropa Ittifoqining asosiy qadriyatlaridan biri söz erkinligi va ommaviy axborot vositalari erkinligini hurmat qiliş ekanligini eslatdi. 

Borrel: Yevropa OAV Rossiya uçun ham işlaydi

Borrelning ta’kidlaşiça, Rossiya tomonidan taqiqlangan Yevropa ommaviy axborot vositalari jurnalistika tamoyillari va standartlariga muvofiq işlaydi. Ular haqiqatga asoslangan ma’lumotlarni, jumladan, Rossiya auditoriyasiga boşqa narsalar qatorida, Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi haqida ma’lumot beradi. 

Aksinça, Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga uçragan Rossiya dezinformatsiya va taşviqot vositalari erkin va mustaqil OAV emas, dedi Yevropa taşqi siyosat idorasi rahbari. Ular Rossiya hukumati nazorati ostida va Rossiyaning Ukrainaga qarşi harbiy agressiyasini qöllab-quvvatlaş vositasidir, şuning uçun ularning Yevropa Ittifoqidagi faoliyati töxtatilgan, deb tuşuntirdi Borrel. 

Rossiya Yevropaning 81 ta naşriga kirişni yopadi 

Bir kun avval Rossiya taşqi işlar vazirligi Yevropa Ittifoqining 81 ta ommaviy axborot vositalari uçun «iş faoliyatini çeklaş» haqida e’lon qildi. Yevropaning önlab yirik naşrlari, jumladan, Germaniyaning Der Spiegel, Die Zeit va Frankfurter Allgemeine Zeitung, Ispaniyaning El Pais va El Mundo, Italiyaning La Stampa va La Repubblica, Fransiyaning Le Monde, Liberation va AFP agentligi, şuningdek, Politico va Euobserver umumevropa naşrlari bloklanadi. 

Moskvada bu qadam Rossiyaning RIA «Novosti», «Izvestiya» va «Rossiyskaya gazeta» naşrlariga Yevropa Ittifoqida «har qanday faoliyati» taqiqlanişiga «javob çorasi» deb ataldi. YeI kengaşi may oyida uşbu ommaviy axborot vositalarini translatsiya qilişni taqiqladi, qaror 25 iyundan kuçga kirdi. Yevropa Ittifoqi uşbu naşrlar «Rossiya taşviqotini va Ukrainaga qarşi tajovuzkor uruşni qöllab-quvvatlaydi», deya ma’lum qildi. 

Yevropa Ittifoqining Yevropa qadriyatlari va oşkoralik böyiça komissari Vera Yurova Rossiya javob çoralarini absurd deb atadi. «Yöq, Rossiya tomonidan Rossiya harbiy doktrinasi doirasida dezinformatsiyani tarqatiş uçun moliyalaştiriladigan tarğibot naşrlari mustaqil OAV bilan bir xil emas», deb yozadi u X ijtimoiy tarmoğida. Vaşingtonga köra, Rossiya Federatsiyasi qarori haqiqatga töğri keladigan ma’lumotlardan qörqişni körsatadi.