2023 yilda Rossiya iqtisodiyoti 3,6 foizga — jahon örtaça darajasidan yuqoriroqqa ösgan, biroq rubl qadri tuşib ketgani sababli uning dollardagi hajmi 10,8 foizga — 2,27 trln dollardan 2,02 trln.gaça qisqargan, deya baholamoqda Jahon banki. Natija Jahon banki reytingida Rossiya Italiya, Braziliya va Kanadani ötkazib, 8-örindan 11-öringa tuşgan, garçi ularning iqtisodiyoti ötgan yil davomida sekinroq ösgan: mos ravişda 0,9, 2,9 va 1,1 foiz.

Xuddi şunga öxşaş vaziyat Yaponiya bilan ham sodir bölgan: iyena qurbi pasayişi tufayli u Germaniyani oldinga ötkazib, törtinçi öringa tuşgan.

Bu reytingda juda katta farq bilan AQŞ yetakçilik qilmoqda: dollarda Amerika iqtisodiyoti Xitoynikidan 33 foizga kattaroq: mos ravişda 27,4 trln va 17,8 trln.

Aholi jon boşiga taqsimlanganda Rossiyaning dollardagi daromadlari yanada qisqargan. 2022 yilda körsatkiç 15 ming 445 dollar bölgan bölsa, 2024 yilda bu körsatkiç 13 ming 817 dollarga teng bölgan. Bu körsatkiç böyiça Rossiya jahonda 86-öringa tuşib ketgan (Meksika va Argentina örtasida).

Rossiya sönggi 20 yil mobaynida jahonning eng yirik iqtisodiyotlari röyxatida 8–10-örinlarni egallab kelayotgan edi. Faqatgina navbatdagi krizis yoki devalvatsiya röy berganida önlikni tark etgan. Rossiya öz iqtisodiyoti şiddat bilan ösgan 2000-yillarning örtalarida önlikka kirgan. 2009 yilda çiqib ketib, krizisni yengib yana qaytgan. 2015 yilda yana önlikni tark etgan. 2021 yilda Rossiya yana önlikka qaytgan. 2022 yilda esa rubl qadrining anomal mustahkamlanişi hisobiga hattoki 8-öringa kötarilib olgan.