Demokratik partiya yirik homiylari, partiya a’zosi bölgan taniqli şaxslar va tadbirkorlar Jo Baydenga xat yozib, undan iste’foga çiqişini söraşdi. Bu haqda The Washington Post yozmoqda.

«Demokratiyamiz va davlatimiz uçun hurmat bilan ikkinçi muddatga saylovda qatnaşmasligingizni söraymiz», deyiladi Oq uyga yuborilgan va 168 kişi imzolagan xatda.

Xatni imzolaganlar orasida milliarder Maykl Novograts, Harvard huquq maktabi professori Lourens Lessig, Nyu-York universiteti professori Skott Hellouey, Weyco Group boş direktori Tom Florşaym va boşqalar bor.

Xatni imzolaganlar Tramp Oq uyga qaytişi xavfi oşganidan xavotir bildirgan. Uning qaytişi esa global va içki stabillikni buzişi aytilgan. «Estafetani topşiriş vaqti keldi, janob Bayden. Xuddi Jorj Vaşington qilganidek», deyiladi xatda.