Naşrning ma’lumotlariga köra, RF Xafsizlik kengaşi Içki işlar vazirligi va boşqa idoralarga Rossiya hududiga xorijlik mehnat migrantlarining qarindoşlarini kiritmaslik masalasini işlab çiqiş topşiriğini bergan. Baza’ga köra, vaziyat bilan taniş manbalar bunday qonun loyihasi ustida allaqaçon iş boşlanganini aytişgan.
Xorijiy fuqarolarning farzandlarini maktabga öqişga qabul qilişda rus tilini qay darajada bilişini testdan ötkaziş töğrisidagi qonun loyihasi allaqaçon Davlat dumasining quy palatasiga kiritilgan. Qonunga tuşuntiriş xatida yozilişiça, maktab ta’limini oliş uçun öquvçi rus tilini bilişi şart, bu tilda erkin sözlaşa olişi va ta’lim dasturini tuşinişi lozim.
Baza’ning aniqlik kiritişiça, ayni paytda «Kadrlar» milliy loyihasining işçi versiyasiga kiritilgan «boşqariluvçi yollaş» federal loyihasi ham işlab çiqilmoqda. Unga köra, Rossiyaga işlaş uçun borayotgan migrant bir qator protseduralardan ötişi kerak. Ular orasida tibbiy körik, daktiloskopiya va rus tilini qay darajada bilişini aniqlab beruvçi test bor. Qonun loyihasida Rossiyaga mehnat migrantlari kelayotgan mamlakatlar röyxatini kengaytiriş, ularni iş beruvçilarga boğlab qöyiş ham nazarda tutilmoqda. Bu holatda xorijlik fuqarolarni «yagona operator» orqali taklif qiliş rejalaştirilmoqda.












