«Ukrainaning xavfsizligi Yevroatlantika mintaqasi va uning çegaralaridan taşqaridagi xavfsizligining ajralmas qismi ekanini anglagan holda, Ukraina toki Rossiya agressiyasi ustidan ğalaba qozonmagunga qadar uni qöllab-quvvatlaş niyatida ekanligimizni tasdiqlaymiz», — deyiladi hujjat matnida.

Xususan, davlatlar xavfsizlik, zamonaviy qurol-yaroğlar, mudofaa sanoati sohasida Kiyevga doimiy yordam va kerakli iqtisodiy yordamni körsatişini öz zimmasiga oldi. Şuningdek, davlatlar mamlakat mudofaa salohiyatini taxminlay oluvçi va Rossiyani tiyib turuvçi Ukrainaning “kelajakdagi kuçlari”ni yaratiş borasidagi sa’y-harakatlarni kuçaytirişi lozimligi ta’kidlandi.

Agar Rossiya joriy harbiy harakatlar yakunlanganidan söng yana Ukrainaga hujum qilsa, mamlakatlar “eng oliy darajada operativ va kollektiv yiğiliş”ga va Kiyevni qöllab-quvvatlaş böyiça keyingi qadamlarni aniqlaştirişga kelişib oldi. “Kelajakdagi hujum” yuz bergan vaziyatda Ukrainga xavfsizlik borasida yordam körsatiş, Rossiyaga nisbatan çeklovlar kiritiş nazarda tutilmoqda.

Hujjatga AQŞ, Kanada, Litva, Latviya, Belgiya, Lyuksemburg, Çexiya, Niderlandiya, Daniya, Norvegiya, Estoniya, Polşa, Portugaliya, Finlandiya, Sloveniya, Fransiya, Ispaniya, Germaniya, Şvetsiya, Islandiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Yaponiya va Ukrainaning özi imzo qöygan. Hujjatning birinçi xatboşisida 21 davlat sanab ötilgan (Çexiya va Sloveniya yöq), şuningdek, Yevropa Kengaşi va Yevrokomissiya tilga olinmagan.

Ayni paytda NATOga 32 ta davlat a’zo. Hujjatga Albaniya, Bolgariya, Vengriya, Gretsiya, Şimoliy Makedoniya, Ruminiya, Slovakiya, Turkiya, Xorvatiya va Qoratoğ imzo qöymagan.

Vaşingtonda 9–11 iyul kunlari bölib ötgan NATO sammiti yakunlariga köra, alyansga a’zo davlatlar “Ukrainaning kelajagi NATOda” ekani ta’kidlangan deklaratsiyani qabul qildi. Ular “töliq yevroatlantika integratsiyasi tomon ortga qaytmas yöl”da Kiyevni qöllab-quvvatlaşda davom etişlarini bildirgan. Hujjatda Ukraina rasman harbiy blok a’zoligiga barça şartlar bajarilganidan söng taklif qilinişi ham qayd etilgan.

Kremldagilar NATO de-fakto Ukrainadagi harbiy mojaroga töliq tortilgani, alyansning maqsadi ziddiyatni davom ettiriş ekanini ta’kidlagan.