Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 15 iyul kuni Malayziya boş vaziri Anvar Ibrohim bilan telefon orqali muloqot qildi.
Ikki mamlakat örtasidagi köp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirişning dolzarb masalalari, şu jumladan Malayziya boş vazirining joriy yil may oyida Özbekistonga taşrifi çoğida erişilgan kelişuvlarning bajarilişi körib çiqildi.
Parlamentlararo, hukumatlararo, işbilarmonlik aloqalari sezilarli faollaşgani mamnuniyat bilan qayd etildi. 29 may kuni Putrajaya şahrida Savdo-iqtisodiy hamkorlik böyiça hukumatlararo komissiyaning birinçi yiğilişi samarali ötkazildi. Özbekiston-Malayziya işbilarmonlar kengaşi tuzildi.
Sanoat, "yaşil" energetika, neft-kimyo, elektrotexnika va boşqa tarmoqlarda yetakçi kompaniyalarning kooperatsiya loyihalarini ilgari surişga alohida e’tibor qaratildi.
Gumanitar almaşinuv va ziyorat turizmi böyiça qöşma dasturlarni amalga oşiriş çora-tadbirlari muhokama qilindi.
Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar, şuningdek, bölajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi körib çiqildi.












