Avvalroq, Samarqand şahrida 13 yoşli bola Damas’ga oyoğidan zanjirlab qöyilgani, uni şu köyga öqituvçisi solgani haqida xabar bergandik. Ma’lum bölişiça, maktab öquvçisini oyoğidan zanjirlagan şaxsga sud hukmi öqilgan.
Bolani ötkinçilar Samarqand şahrida töxtab turgan Damas’ga zanjirlab qöyilganiini körib qolgan va uni tasvirga olib ijtimoiy tarmoqlarda tarqatdi.
Holatga darhol tegişli taşkilotlar e’tibor qaratdi va vaziyatni örgandi. Ma’lum bölişiça, bola Samarqand viloyati Paxtaçi tumani Qalqon-jasorat harbiy sport maktabi 6-sinf öquvçisi 2011 yilda tuğilgan Ş.Ş. bölgan.
Ş.Ş.ning vasiylari J.S. va E.M. mazkur maktab öqituvçisi X.Ş.ni çaqirib, xulqi oğirligi tufayli bolani Samarqand viloyati Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam körsatiş markaziga olib borişni söragan.
2024 yil 15 mart kuni öqituvçi Ş.X. bolani Samarqand şahriga olib kelgan va maşinadan tuşib qoçib ketmasin, degan vaj bilan uni Damas’ning orqa örindiğiga zanjirlab qöygan.
Şundan söng holat yuzasidan Samarqand şahri böyiça IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekşiruv olib borilib, Jinoyat kodeksining 138-moddasi (zörlik işlatib ğayriqonuniy ravişda ozodlikdan mahrum qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilgandi.
Qayd etilişiça, jinoyat işlari böyiça Paxtaçi tuman sudida bolani ğayriqonuniy tarzda zanjirlagan şaxsga nisbatan sud majlisi bölib ötgan.
Sud sudlanuvçi Ş.X.ni Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi “a” bandi (voyaga yetmagan şaxsni qiynaş), 138-moddasi 2-qismi “a” bandi (zörlik işlatib ğayriqonuniy ravişda ozodlikdan mahrum qiliş) bilan aybli deb topgan. Unga 4 yilga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.












