Donald Trampning boşi va unga uzilgan öqlarning harakat yönalişi modeli suiqasd paytida sobiq prezident xavf-xatarga qançalik yaqin bölganini körsatdi.
Öq uzilgan paytda Tramp katta ekranda namoyiş etilayotgan noqonuniy immigratsiya statistikasini köriş uçun boşini burdi. Şunda öq uning quloğini «yalab ötdi».
NEW: New visualization shows just how close Donald Trump was from losing his life during the Pennsylvania rally.
— Collin Rugg (@CollinRugg) July 16, 2024
Trump says he turned his head at the last moment to look at the illegal immigration statistics that were on the big screen.
"That chart that I was going over saved… pic.twitter.com/yqkS6UcPpy
Donald Trampga suiqasd 13 iyul kuni Pensilvaniyadagi saylovoldi taşviqoti paytida sodir böldi. Öq siyosatçi öng quloğining yuqori qismiga jarohat yetkazgan.
Suiqasd oqibatida miting iştirokçilaridan biri halok böldi, ikki nafari oğir yaralandi. Hujumçi, 20 yoşli Tomas Metyu Kruks sahna tomon öq uzganidan keyin Maxfiy xizmat xodimlari tomonidan otib öldirildi.












