Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In Pxenyanda Rossiya mudofaa vaziri örinbosari Aleksey Krivoruçko boşçiligidagi harbiy delegatsiyani qabul qildi.
Şimoliy Koreya axborot agentligi (ŞKAA) xabariga köra, uçraşuv çoğida Kim Çen In va Krivoruçko özaro xavfsizlik manfaatlarini himoya qiliş uçun Şimoliy Koreya va Rossiya örtasidagi harbiy hamkorlikning ahamiyati hamda zarurligini ta’kidlagan.
Uçraşuv Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Şimoliy Koreyaga yaqindagi taşrifi ortidan bölib ötdi.
Kimning aytişiça, ikki davlat harbiylari munosabatlarni yaxşilaş uçun «yaqinroq birga bölişlari» kerak.
Putinning KXDRga taşrifi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 19 iyun kuni KXDRga rasmiy taşrif bilan bordi. Taşrif natijasida Moskva va Pxenyan örtasida har tomonlama hamkorlik töğrisida bitim imzolandi.
Rossiya davlati rahbari Rossiya Federatsiyasi va KXDR örtasida imzolangan har tomonlama strategik şeriklik töğrisidagi bitim iştirokçilardan biriga tajovuz sodir bölgan taqdirda özaro yordam körsatişni nazarda tutişini aytdi, biroq ayni paytda ittifoq sözini işlatişdan tiyildi.
Öz navbatida, Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In şartnomani «pakt» deb atadi va ikki davlat örtasidagi munosabatlar yangi davrga kirayotganini ta’kidladi.












