Çellenj mualliflariga köra, #Qonimdagalaba – odamlarni birlaştiribgina qolmay, balki kuçli ijtimoiy harakatni ham yaratdi. Özbekistonning turli burçaklaridan va hatto undan taşqaridagi odamlar öz hikoyalari bilan örtoqlaşib, bir-birlarini qöllab-quvvatlaşdi va birdamlik muhitini yaratişdi. Bu oddiy ğoya ham katta ahamiyatga ega bölib, jamiyatga katta ta’sir körsatişi mumkinligini yana bir bor isbotladi.
Ijtimoiy tarmoqlar statistikasidan körinişiça, çellenj umumiy 10 milliondan ortiq foydalanuvçilarni qamrab oldi, bu – “Öznet” darajasidagi taşabbus uçun katta körsatkiç. #qonimdagalaba heştegi bilan 2000 dan ortiq videolar yuklangan va bu körsatkiç ösişda davom etmoqda.
“#Qonimdagalaba çellendji – ijtimoiy tarmoqlar ijobiy özgarişlar va odamlarni birlaştiriş platformasi bölişi mumkinligining yorqin misoli böldi, – deydi Uzbekistan’s club taşabbuskorlari. – Bunday virtual taşabbuslar nafaqat köngiloçarlik, balki kuçli ijtimoiy aloqalar va qöllab-quvvatlaş yaratiş salohiyatiga ega ekanini körsatdi”.
Barça xohlovçilar çellenjda 24 iyulgaça iştirok etişi mumkin.
Yakunda sportçilar, jamoatçilik faollari, media sohasi vakillaridan iborat hay’at eng yaxşi 10 ta videoni saralab oladi.
Saralangan top-10 videoning har biri uçun 50 mln sömdan mukofot puli beriladi.
Şartlar quyidagiça:
- futbol mavzusida 1 daqiqadan oşmagan video suratga oliş;
- videoni #qonimdagalaba heştegi bilan Instagram'ga joylaş;
- videolar 24 iyulgaça qabul qilinadi.











