Temur Kapadze jamoasi dastlabki ikki turda Ispaniya (1:2) va Misrga (0:1) mağlub bölib, guruhdan çiqiş imkoniyatini yöqotgandi. Dominikan Respublikasiga qarşi 3-tur bahsi esa rasmiyatçilik uçun ötişi öyindan oldin ma’lum edi.
Bahsning 51-daqiqasida Abduqodir Husanovning jarima maydoni içidagi qöpolligidan keyin raqib jamoa hujumçisi Nunes hisobni oçgan bölsa, 58-daqiqada zaxiradan maydonga tuşgan Eldor Şomurodovning uzatmasidan keyin Alişer Odilov hisobni tenglaştirdi – 1:1.
Uşbu durang natija öyin yakuniga qadar özgarmadi va Özbekiston olimpiya jamoasi musobaqa tarixidagi ilk oçkosini qölga kiritib, guruhda 4-örinda qoldi va turnirdagi iştirokini yakunladi.
Guruhdagi ikkinçi bahsda esa Ispaniya Misrga yutqazdi va guruhda 2-örinni egallab, pley-offga çiqdi.
Parij-2024. S guruhi. 3-tur
Dominikan Respublikasi – Özbekiston – 1:1
Hakam: Ismoil Mahmud (Sudan)
Gollar: Rafael Nunes 51 pen., - Alişer Odilov, 58.
Dominikana: 1. Xaviyer Valdes, 2. Edgar Puyol, 12. Joao Urbayez (16. Nelson Lemer,81), 5. Lui de Lukas, 17. Xose de Leon (2. Reyyes Marzian, 46), 8. Angel Montes De Oka, 6. Xayns Morşel, 9. Rafael Nunes, 18. Novend Lorenso, 11. Peter Federiko (14. De La Kruz Mangas, 67), 7. Oskar Urenya (3. Josuye Bayez, 46)
Özbekiston: 12.Vladimir Nazarov, 2.Saidazamat Mirsaidov, 3.Abduqodir Husanov, 5.Muhammadqodir Hamraliyev, 8.Ruslan Jiyanov (10.Jasur Jaloliddinov, 57), 9.Husayn Norçayev (14.Eldor Şomurodov, 57),13.Zafarmurod Abdirahmatov, 15.Umarali Rahmonaliyev, 18.Abdurauf Böriyev, 19. Ibrohim Ibragimov (7.Abbos Fayzullayev, 57), 20.Alişer Odilov (17.Diyor Xolmatov, 83).
Ispaniya - Misr - 1:2
Gollar: Samu 90 - Ibrohim Odil 42, 60.
Guruh jadvalidagi yakuniy vaziyat:














