Jo Bayden AQŞ prezidentligi uçun saylovlarni tark etişini ma’lum qildi. Bu kutilmagan qaror emasdi: sönggi haftalarda tobora köproq nufuzli demokratlar oçiqçasiga partiyadan 81 yoşli siyosatçining nomzodi prezidentlikka körsatilişi töğri bölişiga şubha qila boşlagandi.

Iyun oyi oxirida u Donald Trampga qarşi debatlarni muvaffaqiyatsiz ötkazgandi — va sörovlar respublikaçilar ustunligi oşganini körsatgandi. Iyul oyi boşidan demokrat siyosatçilar qat’iy ravişda Baydenni poygadan çiqişga çaqira boşlaşdi — avvaliga özaro suhbatlarda, keyin esa omma oldidagi çiqişlarida. Quyida sönggi haftalar davomida prezidentga bosim qanday kuçayib borgani va nufuzli partiyadoşlardan kimlar uni saylovda iştirok etişdan voz keçişga undaganini eslab ötiladi.

27 IYuN

↓

CNN telekanalida mazkur saylovoldi kampaniyasida Jo Bayden va Donald Tramp örtasidagi ilk debat ötkazildi. Baydenning çiqişi muvaffaqiyatsiz böldi, u köpinça gapidan çalğib ketdi va javob berişda çalkaşdi. Tomoşabinlarning 67 foizi debatlarda Tramp ğolib çiqqan deb hisoblaşini bildirdi, faqat 33 foizi ustunlikni Baydenga berdi. Demokratlar orasida vahima kötarildi, partiya yetakçilari esa nomzodni almaştiriş töğrisida jiddiy öylay boşlaşdi.

28 IYuN

↓

Janubiy Karolinadagi mitingda Bayden debatlar özi uçun muvaffaqiyatsiz keçganini tan oldi. Ammo kampaniyadagi iştirokini davom ettirişini bildirdi:

Men endi oldingidek yengil yura olmayapman. Men endi oldingidek bir tekis gapira olmayapman. Men oldingidek yaxşi debat qila olmayapman, ammo… men haqiqatni qanday aytişni bilaman. Men ezgulik va yovuzlikni farqlayman va men bu işni qanday qilişni bilaman. Men millionlab amerikaliklar bilganidek, oyoğingdan çalişganida yana qanday kötariliş kerakligini bilaman.

Jurnalistlar demokratlarning Bayden boşqa nomzodga joy böşatib berişi lozimligi haqidagi anonim bayonotlarini e’lon qila boşladi. The New York Times gazetasida «Öz mamlakatiga xizmat qiliş uçun, prezident Bayden poygadan çiqişi kerak» sarlavhasi ostida tahririyat nomidan maqola e’lon qilindi. Unda jurnalistlar demokratlar Baydenni nomzod sifatida tanlab, Trampning Oq uyga qaytişi masalasida tavakkalçilik qila olmasligini aytişgandi. The Economist, Chicago Tribune, Washington Post va The Wall Street Journal naşrlari tahririyatlari ham Baydenni ikkinçi muddatga nomzodini ilgari suriş qarorini qayta körib çiqişga çaqirişdi.

29 IYuN

↓

Partiyaning 150 nafar homiysi qarşisida çiqiş qilgan Bayden poygada qolişni va’da qildi. Axios jurnalistlari sönggi oylarda prezident tez çarçab qolayotgani, ayniqsa xorijga safarlar uni qiynab qöyayotganini aniqlaşdi. Bayden kuniga atigi olti soat, soat 10 dan soat 16 gaça işlaşi mumkin — uning iştirokidagi tadbirlar aynan şu vaqtlar oraliğiga belgilangan. Tramp bilan debatlar esa soat 21:00 da boşlangandi.

30 IYuN

↓

Ayovalik sobiq senator Tom Harkin va Demokratik milliy qömitaning sobiq vitse-raisi Reymond Ribak Baydenni ikkinçi muddat uçun saylovga bormaslikka çaqirişdi. Bu demokrat siyosatçilar tomonidan Baydenga qarşi ilk oçiqçasiga yuriş bölgandi. Bu vaqtda sörovlardan biriga köra, demokrat saylovçilarning 45 foizi partiyadan boşqa nomzod prezidentlikka ilgari surilişini istayotganini körsatayotgandi.

The New York Times xabariga köra, prezidentning rafiqasi Jill, öğli Hanter va atrofidagi boşqa siyosatçilar uni kuraşişda davom etişga va saylovdan çiqiş borasidagi çaqiriqlarga quloq solmaslikka undaşgan. Şuningdek, Vakillar palatasidagi demokratlar yetakçisi Hakim Jyeffris, senatorlar Kris Kuns va Rafael Uornok hamda Arizona ştati gubernatori Keti Hobbs Baydenni qöllab-quvvatlaşgan.

2 IYuL

↓

Texaslik kongressmen Lloyd Doggett Baydenni prezidentlik poygasini tark etişga oçiqçasiga çaqirgan Vakillar palatasidagi ilk demokrat böldi: «Umid qilamanki, u ketiş haqida oğriqli va qiyin qarorni qabul qiladi. Men unga hurmat saqlagan holda uni bu işni qilişga çaqiraman». Doggettning çaqiriğiga Barak Obama ma’muriyatida şaharsozlik vaziri bölgan Xoakin Kastro va yozuvçi, demokratlarning prezidentlik praymerizlarida ikki bor Baydenga raqiblik qilgan Marianna Uilyamson qöşildi. Bir qança demokrat kongressmenlar Baydenning saylovda ğalaba qozoniş imkoniyatlari savol ostiga qöyişdi, Vakillar palatasining sobiq spikeri Nensi Pelosi esa Baydenning salomatligi böyiça savol — «legitim savol» ekanini aytdi.

The New York Times Oq uy xodimlarining sözlariga asoslanib, Baydenning holati sönggi oylarda yomonlaşib borganini xabar qildi: u borgan sari suhbatlarda gapini yöqotib qöyavergan va omma qarşisidagi tadbirlarda ham, yopiq eşiklar ortidagi uçraşuvlarda ham diqqatini jamlaşda muammoga uçragan. Ijtimoiy tarmoqlarda demokratik taşkilot ötkazgan sörov natijalari paydo böldi, unda Bayden Trampga nafaqat ikkilanuvçi ştatlarda, balki sönggi vaqtlarda demokratlar uçun ovoz berib kelgan Virjiniya va Nyu Mexiko ştatlarida ham yutqazayotgani körsatilgan.

3 IYuL

↓

Yana bir demokrat kongressmen — arizonalik Raul Grihalva Baydenni poygadan çiqişga çaqirdi. Baydenning saylov kampaniyasi homiylari ham prezidentga bosim ötkaza boşladi: biri uning salomatligidan xavotir bildirsa, boşqasi xayriya qilingan mablağlarni qaytarişni talab qildi, yana uçinçi toifa pullarini faqat Kongressdagi saylovlarga sarflaşini va’da qildi. Oq uydagi anonim manbaga köra, Bayden agar partiyadoşlari va saylovçilarni Trampni yenga olişiga işontira olmasa, poygadan çiqişiga töğri kelişini tuşuna boşlagan.

Tunda Bayden 24 nafar demokrat gubernatorlar bilan uçraşgan. Havayi orollari rahbari Joş Grin töğridan töğri Baydendan salomatligida muammo bor yoki yöqligi haqida söragan. Bunga javoban prezident debatlardan oldin şifokor körigida bölganini aytgan va «bu hali ham mening miyam» degan iborani işlatib hazillaşgan. Nyu Mexiko va Men ştatlari gubernatorlari Mişel Grişem va Janet Mills Bayden öz ştatlarida yutqazişi mumkinligini aytgan. Uçraşuv iştirokçilaridan heç biri Baydenni saylovda iştirok etişdan boş tortişga çaqirmagan.

4 IYuL

↓

Mustaqillik kuni munosabati bilan uyuştirilgan tadbirda ham Bayden «heç qayerga ketmasligi»ni takrorladi. Massaçusetslik demokrat kongressmen Set Molton prezidentni «bir çetga ötiş» va boşqa yetakçiga yöl berişga çaqirdi. Demokratik partiya homiylari guruhi muqobil nomzod, masalan vitse-prezident Kamala Harrisning saylov kampaniyasi uçun 100 million dollar ajratişni rejalaştirişdi.

5 IYuL

↓

Prezident Bayden ABC telekanali muxbiri Jorj Stefanopulosga debatlardan keyingi ilk teleintervyusini berdi. Bundan öz salomatligi borasidagi şubhalarni tarqatiş va partiya içkarisidagi muxoliflarning ovozini öçiriş maqsad qilingandi, ammo bu uriniş ham muvaffaqiyatsiz çiqdi. Bayden debatlardagi çiqişi yomon bölganini tan oldi, ammo buning barçasini yaqinda şamollagani va saylov kampaniyasi vaqtida juda köp tadbirlarda qatnaşganiga boğladi. Prezident uning reytingi pastligi va Trampdan ortda qolayotganini körsatayotgan sörovlarga işonmasligini aytdi. U poygadan çiqişi ehtimoli borasidagi savolga ança keskin javob qaytarib, uni nomzodini olişga «faqat Xudo majbur qila olişi»ni bildirdi. Ammo uning işonçsiz nutqi va kognitiv test topşirişdan boş tortişi uning partiyasidagi xavotirlarni yanada kuçaytirdi.

Intervyudan keyin hisob böyiça törtinçi demokrat kongressmen Mayk Kvingli ham Baydenni saylov poygasini tark etişga çaqirdi: «Janob prezident, siz allaqaçon öz merosingizga egasiz… Siz hozirda qilişingiz mumkin bölgan yagona iş, uni abadiyga mustahkamlaş va töliq halokatga uçraşning oldini olişdir — bu iste’foga çiqiş va boşqa kimgadir bu işni qilişga imkon berişdir». Şunday çaqiriq aks etgan maktub liberallarning Leadership Now Project notijorat taşkiloti tomonidan ham e’lon qilindi; uni jamoat arboblari va yirik biznes vakillari bölgan 168 kişi imzolagan.

6 IYuL

↓

Demokratik partiyaning Hollivuddagi homiylari, jumladan Netflix asosçilaridan biri Rid Hastings Baydenni qöllaş va uning saylov kampaniyasini moliyalaştirişdan boş tortdi. Minnesotadan bölgan kongressvumen, ikkilanuvçi okrug vakili Enji Kreyg ham Bayden öz nomzodini qaytarib olişi lozimligini aytdi. Maşhurligini yöqotayotgani prezidentga qayta saylanişga xalal berişi oydinlaşayotgandi.

7 IYuL

↓

Vakillar palatasidagi demokratlar yetakçisi Hakim Jyeffris tegişli qömitalardagi nufuzli demokratlar bilan uşbu masalada qönğiroqlaşdi, ulardan tört nafari Bayden poygadan çiqişi kerak deb hisoblaşi ma’lum böldi.

8 IYuL

↓

Yangi intervyusida Bayden öz nomzodini qöllaşdan boş tortgan partiyadoşlarini tanqid qildi. U Kongressdagi demokratlarga maktub yöllab, partiya praymerizida köpçilikning ovozini qölga kiritgani — va faqat u Trampni yenga olişi mumkinligini bayon etdi. Bunga javoban palataning qurolli kuçlar böyiça qömitasidagi nufuzli demokrat kongressmen Adam Smit uni poygadan çiqişga çaqirdi.

The New York Times gazetasida tahririyat nomidan navbatdagi maqola e’lon qilindi, unda demokratlardan Baydenni nomzodini qaytarib olişga majbur qiliş uçun bosimni kuçaytiriş talab etilgandi.

9 IYuL

↓

Vaşingtonda NATO taşkil etilganining 75 yilligiga bağişlangan sammit boşlandi. Bu vaqtga kelib Bayden nomzodiga oçiqçasiga qarşi çiqqan demokrat kongressmenlar soni yetti nafarga yetdi — ular safiga Nyu Jyersidan saylangan kongressvumen Miki Şerill ham qöşildi.

10 IYuL

↓

Aktyor Jorj Kluni The New York Times naşridagi kolonkasida Baydenni prezident sifatida qöllaşini, ammo endi u ikkinçi muddatga saylana olmasligini bildirdi. Şu kuni navbatdagi kongressmenlar Pet Rayan, Erl Blyumenauer va Antoni Delgado ham Baydenni poygadan çiqişga çaqirişdi, Vermontdan saylangan Piter Uelş esa prezidentga qarşi çiqiş qilgan ilk senatorga aylandi. Demokratlarning Senatdagi yetakçisi Çak Şumer ham özaro suhbatlarda Baydenning örniga boşqa nomzod körsatilişiga tayyor ekanini bildirgani ma’lum böldi.

Şu kunlarda Bayden Nensi Pelosi bilan qönğiroqlaşdi, keyin esa demokratlarning Kongressdagi yetakçilari Hakim Jyeffris va Çak Şumer bilan alohida uçraşuvlar ötkazdi. Ularning uçalasi ham turli şakllarda prezidentga u saylovda ğalaba qozona olmasligi, öz reytingi bilan boşqa demokratlarni ham pastga tortayotgani va saylovoldi poygasidan çiqişi lozimligini aytişgan.

11 IYuL

↓

NATO sammiti yopilişida Bayden Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni Vladimir Putin bilan adaştirib yubordi, matbuot anjumanida esa Kamala Harris örniga Donald Trampni öz vitse-prezidenti deb aytdi.

Şundan köp ötmay sakkiz nafar demokrat kongressmen Baydendan saylovda iştirok rejasidan voz keçişni talab qildi, kongressvumen Mari Glyussenkamp-Peres esa uni prezidentlik lavozimidan ham iste’foga çiqişga çaqirdi. CNN telekanali xabariga köra, Nensi Pelosi va Barak Obama ham Bayden Trampni yenga olmasligiga amin bölişgan. Prezident demokratlarning Vakillar palatasidagi fraksiyasi yetakçisi Hakim Jyeffris bilan yana bir bor uçraşgan — u agar Bayden nomzod bölib qoladigan bölsa, partiya Kongressdagi saylovda yutqazişi mumkinligini aytgan.

12 IYuL

↓

Detroytdagi mitingda Bayden «öz saylovçilarini tark etmasligi» va poygada qolişini va’da qilgan. Bunga javoban yiğilganlar «Ketma» va «Biz sen bilanmiz» deya hayqirişgan.

Kongressda Baydenni ikkinçi muddatga bormaslikka çaqiruvçi demokratlar soni yigirma nafardan oşib ketdi. Kongressmen Mark Levin lotinamerikalik demokratlar fraksiyasi yiğilişida Baydenni hozirning özida nomzodini qaytarib olişga çaqirdi. Partiya homiylarining yirik guruhi Bayden nomzod bölib qolguniça, 90 million dollarlik xayriya mablağini ötkazmay turişini bildirdi.

13 IYuL

↓

Kunduzi Bayden mö’tadil demokratlarning New Democrat Coalition fraksiyasi a’zolarini oldiga çaqirdi. Una iştirok etganlardan birining sözlariga köra, muloqot «dahşatli» ötgan. «Bu butunlay falokatli edi. Biz debatdagi Jo Baydenga guvoh böldik», — degan uçraşuvda bölgan kongressmenlardan biri. Prezident oldiga Senatdagi demokratlar yetakçisi Çak Şumer borgan: u partiyadoşlarning köpçiligi Baydenning ğalabasiga işonmayotganini aytgan.

Öşa kuni keçga yaqin Pensilvaniyadagi miting çoğida Donald Trampga suiqasd uyuştirildi. Bayden darhol otişmani qoraladi va raqibini qöllab-quvvatladi. Demokrat kongressmenlarning ayrimlari esa Baydenni saylovdan çiqişga çaqiriqlarini keyinga qoldirişdi.

17 IYuL

↓

Razvedka böyiça qömitaning sobiq rahbari, kongressmen Adam Şiff Trampga suiqasddan keyingi davrda Baydenni nomzodini qaytarib olişga çaqirgan ilk demokrat böldi, nufuzli demokrat kongressmenlardan biri Jyeymi Raskin esa prezidentga maktub yöllab, unda uni faoliyati tugayotgan beysbolçiga öxşatdi.

Prezident öz kampaniyasi maslahatçisi Jyeffri Katsenberg bilan uçraşdi, u esa homiylarning sabri tugayotgani va tez orada ştab moliyaviy yordamdan mahrum bölişi mumkinligini aytdi. Bu vaqtda esa Ilon Mask har oyda Donald Tramp kampaniyasi uçun 45 million dollardan mablağ ajratişini ma’lum qildi.

AP/NORC sörovlarida barça respondentlarning 70 foizi hamda demokratlarning 65 foizi Bayden saylovdan çiqişi va partiyaga boşqa nomzod tanlaşga imkon berişi kerakligini aytişgan.

Bir hafta oldin Bayden Pelosi, Şumer va Jyeffris bilan suhbatlaşgani haqida ma’lumot paydo böldi. Katta ehtimol bilan, ular özlarini qoniqtiradigan javobni kutişmagan va ma’lumotni jurnalistlarga sizdirişgan.

Bayden intervyuda agar özining salomatligida jiddiy muammo aniqlanadigan bölsa, saylovda iştirok etiş qarorini qayta körib çiqişga tayyorligini ma’lum qildi. Şu kuni Oq uy Baydenga koronavirusga çaliniş taşxisi qöyilganini ma’lum qildi.

18 IYuL

↓

Bayden eski intervyusida mudofaa vaziri Lloyd Ostinning ismini yoddan çiqarib qöygani aks etgan videoparça keng tarqaldi. Skeptiklar guruhiga demokratlar orasida haddan taşqari katta obröga ega sobiq prezident Barak Obama ham qöşilib, Baydenning ğalaba uçun imkoniyatlari past ekanini aytdi.

Yana ikki demokrat kongressmen, şuningdek montanalik senator, noyabrdagi saylovda respublikaçilar ustun bölgan ştatda qayta saylanişi kerak bölgan Jon Tester ham Baydenga qarşi çiqişdi. Nensi Pelosi partiyadoşlar bilan özaro suhbatlarda Bayden tez orada öz nomzodini qaytarib olişi mumkinligini aytdi. The New York Times prezidentning atrofidagilarga asoslangan holda u poygadan çiqiş zaruratini tan olişga tayyorligini aytgani haqida xabar berdi. Oq uydagilar esa buni rad etdi.

19 IYuL

↓

Bayden poygadan çiqişi zarurligini yana töqqiz kongressmen, Nyu Mexiko va Ohayodan saylangan senatorlar Martin Haynrik va Şerrod Braun (jami 37 qonunçi) hamda partiyaning yirik homiysi Maykl Morits aytib çiqişdi. Prezident oilasi a’zolari esa ilk bor uning nomzodini qaytarib olişi qanday körinişda bölişini muhokama qilişga kirişdi.

Jurnalistlar Kamala Harrisning ehtimoliy şerigini ham taxmin qila boşladi — agar u prezidentlikka nomzodga aylansa, u öziga vitse-prezident tanlaşi kerak böladi. Arizonalik senator Mark Kelli, Pensilvaniya gubernatori Joş Şapiro, Kentukki va Şimoliy Karolina rahbarlari — Endi Beşar va Roy Kuper nomlari eng köp tilga olindi.

20 IYuL

↓

Donald Tramp demokratlar hatto öz nomzodlari kimligini ham bilmasligini aytib, piçing qildi.

The New York Times öz manbasiga tayangan holda, Bayden özini ittifoqçilar tomonidan «taşlab ketilgan»dek his qilayotgani haqida yozdi. U partiya içidagi isyon ortida Nensi Pelosi va Barak Obama turganini taxmin qilgan, ulardan ikkinçisining prezidentligi davrida Bayden vitse-prezident bölgandi. Prezidentni Bill va Hillari Klinton qöllaşda davom etgan; ular homiylardan Baydenga qarşi çiqmaslikni söraşgan.

CBS News telekanali prezident tez orada poygani tark etişi haqidagi miş-mişlar köpayganidan asabiylaşa boşlaganini xabar qildi. Baydendan hisob böyiça 38- demokrat kongressmen nomzodini qaytarib olişni söradi. Bu Kaliforniyadan saylangan kongressmen Mark Takano edi, u 7 iyul kuni demokratlar yetakçisi Jyeffris bilan telefon muloqoti çoğida ham şunday fikrda ekanini bildirgandi.

21 IYuL

↓

Oq uy Jo Baydenning bayonotini e’lon qildi: prezident partiya va mamlakat manfaatlari uçun prezidentlik saylovlaridan nomzodini qaytarib olişini e’lon qildi. U demokratlar partiyasidan Kamala Harris yangi nomzod bölişini taklif qildi.