19 iyul kuni Parijda josuslikda gumonlanib qölga olingan 40 yoşli permlik Kirill Gryaznov Rossiya maxsus xizmatlari tomonidan Fransiyadagi Olimpiada öyinlarida provokatsiyalar uyuştiriş uçun yollangan. 25 iyul, payşanba kuni The Insider, Der Spiegel va Le Monde naşrlarida çop etilgan qöşma suriştiruvda aytilişiça, Gryaznov Parijga safari maqsadini aeroportdagi mast holda suhbatida tilga olgan va bu maxsus xizmatlarning e’tiborini tortgan.
Jurnalistlarning sözlariga köra, 2010 yilda Fransiyaga köçib ötişdan oldin Gryaznov advokatlik bilan şuğullangan. Köçib ketgaç, u oşpaz böldi va Kurşeveldagi mişlen yulduzli restoranda işladi. 2012 yilda u Rossiyaga qaytib ketgan va Parijdagi kvartirasi egasiga hozir «davlat uçun» işlayotganini aytgan.
2024 yilning may oyida Gryaznov Istanbuldan Parijga uçib ketmoqçi bölgan, biroq u juda mast bölgani uçun parvozga çiqarilmagan. Şundan söng, The Insider yozişiça, Gryaznov Bolgariya orqali Fransiyaga yöl oldi va u yerda tasodifiy odamlar bilan mast holda suhbatda u Fransiya «uşbu Olimpiadani uzoq vaqt eslab qolişini» aytdi. Maxsus xizmatlarga aloqadorligini isbotlaş uçun u suhbatdoşlariga qandaydir guvohnomani körsatgan va telefon orqali ma’lum bir vazifani bajariş uçun «kişinyovlik odamni» yollagani haqida xabar bergan.
Gryaznov Parijda aynan qanday provokatsiyalarni rejalaştirgani jamoatçilikka oşkor etilmagan. Biroq, Le Parisien gazetasi manbalariga köra, bu «jiddiy oqibatlarga» olib keladigan «keng kölamli loyiha» edi.
Gryaznovning Rossiya maxsus xizmatlari bilan aloqalari
Kirill Gryaznov 21 iyul kuni Parij markazida Sen-Deni köçasidagi kvartirasida hibsga olindi va unga Fransiyada harbiy harakatlarni qözğatiş maqsadida xorijiy davlat manfaatlari yölida razvedka faoliyati ayblovi qöyildi. Parij prokuraturasi ma’lumotlariga köra, qölga oliş çoğida rossiyalikdan ba’zi «diplomatik materiallar» va uning Rossiya maxsus xizmatlarining «V bölimi»ga tegişli ekanligini körsatuvçi şaxsini tasdiqlovçi hujjat topilgan. The Insider bu «Vympel» «FSB» maxsus kuçlari guvohnomasi bölişi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Suriştiruv natijalariga köra, gumonlanuvçining maxsus xizmatlar bilan aloqasi tanişlari undan «FSB» xodimi va Rossiya Mudofaa vazirligi zobitining öğlini «tekşiriş» (şaxsini aniqlaş)ni söragan yozişmalari bilan tasdiqlanadi. Şuningdek, Gryaznov aloqalari uçun Rossiya va Belarus Ittifoq davlati parlament assambleyasining huquqiy ta’minlaş boş boşqarmasi boşliği lavozimini egallagan akasi Dmitriyga qarzdor bölişi mumkinligi qayd etilgan.
Endi Kirill Gryaznov Fransiyada hibsda, unga 30 yilgaça qamoq jazosi berilişi mumkin.
Fransiya josuslikda gumon qilinganlarni Olimpiadaga kiritmaydi
Fransiya hukumati josuslikdan xavotirlanib, bir neça önlab xorijliklarga Parijdagi yozgi Olimpiada öyinlariga kirişni rad etdi. Taqiq Rossiya, Belarus va boşqa bir qator mamlakatlardan kelgan yuzga yaqin kişiga taalluqli, dedi mamlakat içki işlar vaziri Jyerald Darmanen Le Journal du Dimanche naşriga bergan intervyusida.
Uning aniqlik kiritişiça, gap 2024 yilgi Olimpiadaga jurnalist, fizioterapevt yoki texnik xodimlar niqobi ostida kelişni istagan xorijliklar haqida ketmoqda. «Ehtimol, ular bu yerga hujumlar uyuştiriş uçun kelmaydi. Lekin, razvedka va an’anaviy josuslikdan taşqari, kiberhujumlarni amalga oşiriş uçun kompyuter tarmoqlariga kiriş nuqtalaridan boxabar bölib turiş kerak», - dedi Darmanen.
Umuman olganda, Jyerald Darmanen sözlariga köra, razvedka xizmatlari tomonidan tekşirilgan 960 ming şaxsdan 4340 kişiga, jumladan köngillilar, stadion işçilari va sport delegatsiyalari a’zolari 2024 yilgi yozgi Olimpiada öyinlarida işlaş huquqidan mahrum qilingan. Gap terrorçilik, öng va söl radikal faoliyat, şuningdek, ilgari jinoyat sodir etganlikda gumon qilinganlar haqida bormoqda.
Parijdagi Yozgi Olimpiya öyinlari 26 iyuldan 11 avgustgaça bölib ötadi. Ularda rossiyalik va belaruslik sportçilar neytral maqomda qatnaşadi.












