Rossiya Adliya vazirligi 26 iyul, juma kuni «çet el agentlari» deb atalgan röyxatni yana kengaytirdi. Uning tarkibiga avvalroq Germaniyaning Bild tabloidi tomonidan işga tuşirilgan «Rus tilidagi Bild» media-loyihasi kirdi. Adliya vazirligi sabablarga aniqlik kiritmadi. Yangilangan röyxatga Berklidagi Kaliforniya universiteti tadqiqotçisi, siyosatşunos Ilya Matveyev ham kiritildi.
«Rus tilidagi Bild» media-loyihasi Bild naşri yangiliklari va boşqa materiallarning rus tilidagi versiyasidan taşqari, taniqli rossiyalik jurnalistlar va tahlilçilar mualliflik maqolalarini, rossiyalik muxolifat siyosatçilari, publitsistlari, olimlari va madaniyat arboblari bilan intervyularini ham naşr etadi. Ularning köpçiligi Adliya vazirligi tomonidan «çet el agentlari» reyestriga kiritilgan, şu jumladan Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşini oçiq qoralagani uçun.
Ilya Matveyev avvalroq «Exo Moskvy»ning doimiy şarhlovçisi, bugungi kunda mualliflik maqolalarini, xususan, «çet el agentlari» röyxatidagi yoki Rossiya Federatsiyasida «nomaqbul» deb tan olingan naşrlarda joylaştiradi.
Rossiyada «çet el agentlari» töğrisidagi qonun
Rossiyada «çet el agentlari» töğrisidagi qonun 2012 yilda paydo bölgan. Öşandan beri bir neça yuzlab taşkilotlar va şaxslar taqiqlanganlar röyxatiga kiritilgan. Jismoniy şaxslar – «çet el agentlari» reyestri 2022 yil aprel oyi boşida işga tuşirilgan bölib, u NNT– «çet el agentlari», OAV – «çet el agentlari» va röyxatdan ötmagan taşkilotlar – «çet el agentlari» röyxati bilan bir qatorda törtinçi röyxat böldi.
2022 yil dekabr oyidan boşlab qonun Rossiya rasmiylariga köra, «çet eldan yordam oladigan» va «xorijiy ta’sir ostida» bölganlarni «çet el agentlari» deb e’lon qiliş imkonini beradi.
2024 yil mart oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya fuqarolari va kompaniyalariga «çet el agentlari» resurslarida – ularning veb-saytlarida, ijtimoiy tarmoqlarida, bloglarida va boşqa platformalarida reklama joylaştirişni taqiqlovçi qonunni imzoladi. Yangi qonun, şuningdek, «çet el agentlari» resurslarini ommaviy axborot vositalari va internetda reklama qilişni ham taqiqlaydi.












