Rossiya Federatsiyasi Adliya vazirligi qöşiqçi Alla Pugaçevani «çet el agentlari» deb nomlangan reyestrga kiritişga ruxsat beruvçi ma’lumotga ega emas. Bu haqda Adliya vazirligining Davlat dumasi deputati Aleksey Juravlev söroviga rasmiy javobida aytiladi. Hujjat suratlari 29 iyul, duşanba kuni Kseniya Sobçakning Telegram-kanalida e’lon qilindi. Şu bilan birga, javobda «Agar Pugaçevaning harakatlarida çet el agenti belgilari aniqlansa», Adliya vazirligi uni reyestrga kiritiş masalasini körib çiqişi ta’kidlanadi.
Pugaçevani «çet el agenti» deb tan olişga çaqiriq
Davlat dumasi Mudofaa qömitasi rahbarining birinçi örinbosari Aleksey Juravlev 9 iyul kuni Adliya vazirligiga Pugaçevani «çet el agenti» deb tan oliş iltimosi bilan murojaat qildi. Deputat qöşiqçini «noqonuniy harakatlarda» aybladi, jumladan u «Rossiya Federatsiyasidagi ijtimoiy-siyosiy voqealar töğrisida noxolis materiallarni naşr etiş», hokimiyatni «obrösizlantiriş» va Rossiya armiyasining Ukrainadagi harakatlariga «faol izoh beriş»da ayblandi. Bundan taşqari, Juravlev artistni Rossiya Federatsiyasining harbiy faoliyati haqida ma’lumot töplaşda aybladi.
Avvalroq, 9 iyul kuni Pugaçeva Instagram ijtimoiy tarmoğida Kiyevdagi «Oxmatdet» kasalxonasiga raketa tuşişi natijasida jarohatlangan bolaning surati tuşirilgan postni e’lon qilgan edi. «Xudo sabrli, lekin hamma narsaning çegarasi bor», deb yozgan Pugaçeva surat ostida.
Rossiyaning Ukrainaga keng miqyosli hujumidan söng Alla Pugaçeva va uning eri Maksim Galkin Rossiyadan Isroilga jönab ketişdi. Galkin 2022 yilda «çet el agenti» sifatida tan olingan.
«Oxmatdet»ga raketa hujumi
8 iyul kuni Kiyevdagi «Oxmatdet» klinikasi hududida raketa portlaşi oqibatida ikki kişi, jumladan, ayol şifokor halok böldi, 30 dan ortiq odam, jumladan, sakkiz nafar bola yaralandi. Bolalar kasalxonasi Rossiyaning X-101 raketasi bilan töğridan töğri urilgani «ehtimoli katta», dedi BMT inson huquqlari böyiça ekspertlari videoyozuvlarni tahlil qilib va voqea joyidagi zararni bevosita tekşirib.












