29 iyul kuni soat 12:30 larda Samarqand viloyati, Urgut tumanidan ötuvçi «Urgut — Ğös - Avazmergan» avtomobil yölida mudhiş yöl-transport hodisasi yuz berdi.

Qayd etilişiça, 2003 yilda tuğilgan haydovçi «Cobalt» rusumli avtomobilda boşqaruvni yöqotib, qarama-qarşi yönalişdagi «Damas» rusumli avtomobil bilan töqnaşgan.

Oqibatda «Damas» haydovçisi va yölovçisi oğir tan jarohati bilan hodisa joyida, yana bir yölovçi esa şifoxonada vafot etgan. Şuningdek, yana ikki nafar yölovçi va «Cobalt» haydovçisi tan jarohatlari olib, şifoxonaga murojaat qilgan.

Samarqand viloyat IIB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki suriştiruv işlari olib borilmoqda.