Hindiston janubida kuçli yomğirlardan söng köçkilar sodir böldi va unda kamida 151 kişi halok böldi. Bu haqda hukumat vakillari ma’lum qildi.

Kerala ştati Vayanad okrugidagi tepaliklarda birinçi köçki 30 iyul seşanbaga ötar keçasi mahalliy vaqt bilan 02:00 da sodir bölgan. Oradan 2 soat ötib yana bir köçki yuz bergan. 

Köçkilar oqibatida 186 kişi turli darajada jarohat olgan. Ofat odamlarning turar joylarini yer bilan bitta qilgan, daraxtlarni köçirib, köpriklarni buzib taşlagan. 

187 kişi bedarak yöqolgan hisoblanmoqda. Hozirgaça 77 marhumning şaxsi aniqlangan. Mahalliy naşrlarga köra, halok bölganlarning köpçiligi çoy plantatsiyalari işçilari bölgan. 

Meppadi, Mundakkay va Çoralama tumanlarida yöllar yuvilib, turar joylarga zarar yetgan, deydi Kerala ştati rasmiysi Pinarayi Vijayan.

PTI agentligining yozişiça, Mundakkay tumani uçun köçkilar odatiy hodisaga aylangan. Biroq bu safargi köçki natijasida tuproq, şağal va toşlar oqimi markazdan 6 km olisdagi Çoralmala qişloğiga qadar yetib borgan. Natijada qişloqdagi 300 dan ortiq uy vayron bölgan. 8300 kişi hukumat tomonidan taşkil etilgan 82 ta lagerga joylaştirilgan. 

Hindiston boş vaziri Narendra Modi jabrlanganlarning oilalariga 2400 AQŞ dollari miqdorida kompensatsiya berilişini ma’lum qildi.