Hindistonning Gvalior şahridagi Şitla Mata ibodatxonasi yaqinida yuk maşinasi boşqaruvni yöqotib, ziyoratçilarga urilişi oqibatida 15 kişi halok böldi, deb xabar berdi NDTV. Politsiya 29 kişi jarohatlanganini maʼlum qildi.

Voqea 18-oktabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 01:30 da sodir bölgan. Dastlabki maʼlumotlarga köra, guruç ortilgan yuk maşinasi tik qiyalikda boşqaruvni yöqotgan.

Yuk maşinasi politsiya tösiqlarini buzib ötib, ziyoratçilarni urib yuborgan, söngra ibodatxona devori va darvozasiga borib urilgan. Politsiyaning maʼlum qilişiça, kamida beş kişining ahvoli oğir. 

«Bu yölda tösiq va politsiya nazorat-ötkaziş punkti mavjud edi. Transport vositasi u yerga qanday kirib kelganini tergov aniqlaydi», - dedi Gvalior okrugi maʼmuriyati rahbari Ruçika Çauxan.

Guvohlarning sözlariga köra, yuk maşinasida meyoridan ortiq yuk ortilgan bölgan.