Avvalroq appelyatsion sud darajasidagi uç sudyadan iborat hay’at mamlakatning sobiq rahbarini jinoiy ayblovlardan himoya qiliş mumkin emas, degan qarorga kelib işni qaytariş töğrisida qisqa buyruq çiqargan edi.

CBS Newʼning yozişiça, tahlilçilar agar respublikaçilar nomzodi bölgan Tramp saylovda ğalaba qozona olsa, u özi işni töxtata oladigan Boş prokuror tayinlaşi mumkin.

Qayd etilişiça, 1 iyul kuni AQŞ Oliy sudi (6:3 nisbatda) köpçilik ovoz bilan sobiq prezidentlar hokimiyatda bölib turgan çoğidagi rasmiy harakatlari uçun ta’qib qilinişdan daxlsizlikka ega ekanligi töğrisida qaror qabul qilgaç, iş Koumbiya okrugidagi apellyatsiya sudiga qaytarilgan edi.

“Biroq, Oliy sudning xulosasiga muvofiq, sudning öz iltimosnomasiga köra uşbu işni okrug sudiga qaytariş töğrisida qaror qabul qilingan”, — degan okrug sudidagilar.

AQŞ okrug sudyasi Tanya Çutkan yana işni öz nazoratiga olgan va endi Oliy sudning qarorini qöllab, işni şunga qarab talqin qilişi lozim. Xususan, maxsus prokuror Jyek Smitning ayblov xulosasida qayd etilgan Trampning qay bir ehtimoli xatti-harakati “rasmiy” sanalişi, qay biri jinoiy ta’qib predmeti ekaniga oydinlik kiritişi kerak.

Ötgan yili Donald Trampga qarşi qözğatilgan tört jinoiy işdan biridagi tört punktdan iborat ayblov xulosasiga köra, u prezidentlik lavozimida yana qoliş uçun öz yordamçilari bilan Jo Bayden ğalaba qozongan saylov natijalarini bekor qilişga uriniş yöli bilan noqonuniy til biriktirgan.

Çutkan eşittiruvlarni 16 avgust kuni Vaşingtonda bölib ötişini belgilagan.

Tahlilçilarga köra, bunday protsessual qadam işni iltimosnomalar oqimi va potensial eşittiruvlar bilan qayta işga tuşiradi. Biroq, ayrim OAVlarning qayd etişiça, sudya va advokatlar amalga oşirişi kerak bölgan ulkan iş hajmi sudning Tramp respublikaçilardan nomzod bölgan noyabrdagi saylovlargaça yakunlanişini ta’minlay olmaydi.

“Agar Tramp yana prezident etib saylansa, u Boş prokurorni saylaşi mumkin böladi va u katta ehtimol bilan işni yakunlaş töğrisida farmoyiş beradi”, — deya taxmin qilişmoqda jurnalistlar.