Rossiyada Rossiya Mudofaa vazirligi buyumlar boşqarmasining sobiq boşliği Vladimir Demçik yirik miqdorda pora olganlikda gumonlanib hibsga olindi. 235-garnizon harbiy sudi Rossiya Tergov qömitasi Harbiy tergov boş boşqarmasining Demçikni hibsga oliş haqidagi iltimosini qanoatlantirdi, dedi 6 avgust, seşanba kuni Rossiya Federatsiyasi Tergov qömitasi rasmiy vakili Svetlana Petrenko.
Tergov ma’lumotlariga köra, 2017 yilda Demçik nomi oşkor etilmagan kompaniya rahbaridan 4 million rubl pora olgan. Keyingi ikki yil içida uşbu kompaniya Mudofaa vazirligidan 574 million rubldan ortiq 26 ta şartnoma oldi. Demçik 15 yilga qamalişi va jarimaga tortilişi mumkin.
Tergov qömitasi vakiliga köra, hozir pora beruvçiga nisbatan jinoiy iş qözğatiş masalasi hal qilinmoqda.
Rossiya Mudofaa vazirligi va Boş ştabida uşlaş va hibsga olişlar
Bu sönggi oylarda Rossiya qurolli kuçlari tuzilmalaridagi yagona şov-şuvli iş emas. 1 avgust kuni Rossiyaning «Voyentorg» aksiyadorlik kompaniyasi boş direktori Vladimir Pavlov Rossiya Mudofaa vazirligi mablağlarini özlaştirganlikda ayblanib, hibsga olingan edi. Tergov ma’lumotlariga köra, Pavlov hukumat şartnomasi böyiça 400 million rubldan ortiq miqdorda oşirilgan narxda armiya nesesserlarini sotib olişni ta’minlagan.
26 iyul kuni Rossiya mudofaa vazirining sobiq örinbosari, general Dmitriy Bulgakov hibsga olindi. Tergovçilarning fikriga köra, Bulgakov davrida qöşinlarni yuqori narxlarda past sifatli quruq ovqat bilan ta’minlaş tizimi yaratilgan. Tergov qömitasi uning faoliyatidan yetkazilgan zararni 1,3 milliard rublga baholagan.
24 iyul kuni Rossiya Mudofaa vazirligining Harbiy quriliş kompaniyasi (VSK) boş direktori Andrey Belkov Moskvada qölga olingani ma’lum böldi. U 2019 yilda Mudofaa vazirligining davolaş-diagnostika markazi uçun tomografiyani oşirilgan narxda – 76 million örniga 121 million rublga davlat xaridini taşkil qilganlikda gumonlanmoqda.
Mudofaa vazirining sobiq örinbosari Timur Ivanov aprel oyida öta yirik miqdorda pora olganlikda ayblanib, hibsga olindi. May oyida Rossiya Mudofaa vazirligining kadrlar bölimi boşliği Yuriy Kuznetsov ham pora olayotganlikda ayblanib uşlandi. Xuddi şu oyda Rossiya Mudofaa vazirligini tanqid qilgan 58-armiyaning sobiq qömondoni Ivan Popov firibgarlikda ayblanib hibsga olingan.
May oyi oxirida Rossiya Qurolli kuçlari Boş ştabi boşliğining sobiq örinbosari Vadim Şamarin hibsga olindi. U 36 million rubl miqdorida pora olganlikda ayblanmoqda va aybini qisman tan olgan.












