Leonid Slutskiy boşçiligidagi LDPR fraksiyasi Rossiyada patent asosida işlayotgan çet el fuqarolari uçun daromad soliği stavkasini 30 foizgaça oşirişni taklif qiluvçi qonun loyihasini tayyorladi, deb xabar berdi «Izvestiya».
«Qonun loyihasi konsepsiyasi xorijiy fuqarolarga nisbatan soliq tizimining asosiy parametrlarini qayta körib çiqiş va ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi keng kölamli milliy muammolarni hal qiliş uçun Rossiya budjet tizimining daromadlarini köpaytiriş zarurligiga qaratilgan», deyiladi xabarda.
Unda ta’kidlanişiça, Rosstat ma’lumotlariga köra, 2022 yilda Rossiyada işlaş uçun ruxsatnoma olgan xorijiy fuqarolar soni 2,1 million kişini taşkil etgan, ulardan 2 milliondan ortiği mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun patentga ega bölgan. 2023 yilda ham bu körsatkiç şu raqamlarga deyarli yaqin bölgan.
«Rossiya Soliq kodeksida soliq rezidenti bölmagan jismoniy şaxslar tomonidan olingan barça daromadlar uçun 30 foiz soliq stavkasi nazarda tutilgan. Şu bilan birga, patent asosida mehnat faoliyati bilan şuğullanadigan çet el fuqarolarining daromadlari uşbu me’yorning talablariga boğliq emas. Belgilangan daromadga nisbatan soliq stavkasi progressiv soliq şkalasiga muvofiq belgilanadi», deyiladi qonun loyihasida. Mualliflar bu qoidaga tuzatiş kiritişni taklif qilmoqda.
«Sönggi yillarda köproq xorijliklar Rossiyaga işlaş uçun kelişga harakat qilmoqda. Bugungi kunda migrantlarning deyarli uçdan ikki qismi patent böyiça yollanma işçi bölib işlaydi va ular topgan pullarini oilasiga jönatadi. Ammo biz çet ellik mutaxassislarning daromadi Rossiya budjeti uçun işlaşi kerak, deb hisoblaymiz», dedi Leonid Slutskiy, qonun loyihasini işlab çiqiş sababini tuşuntirar ekan.
Uning sözlariga köra, bu budjetni qöşimça daromadlar bilan töldiriş imkonini beradi, bu daromadlar şahar va qişloqlarni rivojlantiriş, jumladan, bolali oilalarni qöllab-quvvatlaş va boşqa ijtimoiy ahamiyatga ega sohalarni amalga oşirişga yönaltiriladi.
Davlat Dumasi deputatlari avval ham bir neça bor çet ellik mehnat migrantlari uçun şaxsiy daromad soliği miqdorini oşirişni taklif qilişgan. 2023 yil avgustida «Spravedlivaya Rossiya» partiyasidan bir guruh deputatlar Davlat Dumasiga migrantlar uçun patent narxini 4 barobar oşirişni nazarda tutuvçi qonun loyihasini kiritdi. Keyinroq LDPR fraksiyasi deputati Yaroslav Nilov ham migrantlar uçun majburiy tölovlarni oşirişni taklif qildi.












