«Liza Alert» qidiruv guruhiga Kursk viloyatidagi Ukraina Qurolli kuçlari (UQK) va Rossiya armiyasi örtasidagi janglar zonasida joylaşgan aholi punktlarida odamlarni qidiriş böyiça kamida 200 ta sörov kelib tuşdi. Bu haqda 11 avgust, yakşanba kuni «Agenstvo» naşriga qidiruv taşkilotining hududiy bölimi ma’lum qildi.

«VKontakte» ijtimoiy tarmoğida aloqaga çiqişni töxtatgan qarindoşlarini topişda yordam söragan yana yuzlab e’lonlar paydo böldi, deya xabar beradi «Agenstvo». Ular 7 avgustda - Ukraina armiyasining hujumi boşlanganidan keyingi ikkinçi kuni naşr etila boşlandi. Hisob-kitoblarga köra, juma kunidan boşlab faqat «Podsluşano Sudja» guruhida foydalanuvçilar 148 kişi qidirilayotgani haqida xabarlar çop etişgan. 

«Liza Alert» mintaqaviy bölinmasi sahifasida ham e’lonlar paydo bölyapti. 11 avgust kuni yarim tunda ularning soni 70 tadan oşdi. «Biz aniq raqamni aytişga tayyor emasmiz, çunki hozirça statistik ma’lumotlar yöq, ammo sönggi ikki-uç kun içida biz 200 ta sörovga yaqinlaşdik», — dedi taşkilotning Kursk viloyatidagi matbuot kotibi Olesya Partalyuk. 

Kursk viloyatida janglar

Ukraina Qurolli kuçlari 2024 yil 6 avgustdan buyon Kursk viloyatida harbiy operatsiya ötkazmoqda. Korenev va Sudja tumanlarida faol janglar ketmoqda. 10 avgust kuni Belgorod, Bryansk va Kursk viloyatlarida aksilterror operatsiyasi rejimi joriy etildi.

Bir kun avval Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kursk viloyatidan 76 mingdan ortiq kişi evakuatsiya qilingani haqida xabar bergan edi. Sönggi 24 soat içida viloyatning çegaradoş hududlaridan 8 mingdan ortiq aholi mustaqil ravişda va «uyuşgan kolonnalar»da çiqib ketdi, deb xabar qildi 11 avgust kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Ukraina hukumati UQKning Kursk viloyatidagi harbiy harakatlariga rasman izoh bermayapti. Ukraina xavfsizlik xizmatining yuqori martabali mulozimi AFP agentligiga aytişiça, operatsiyada «minglab» ukrainalik harbiylar iştirok etyapti. Uning sözlariga köra, hujumning maqsadi - Rossiya kuçlarini «çöziş» va mamlakatni «beqarorlaştiriş».