Rossiya Federatsiyasining Bryansk viloyatida avtomobil köprigining temiryölga qulaşi natijasida Moskvaga ketayotgan yölovçi poyezdi relsdan çiqib ketdi.
Sönggi ma’lumotlarga köra, köprikning temiryölga qulaşi oqibatida yetti kişi halok bölgan, 69 kişi jarohatlangan, jumladan, uç nafar bola, deb xabar berdi Bryansk viloyati gubernatori Aleksandr Bogomaz.
Bryansk viloyatida köprik portlaşi natijasida poyezd relsdan çiqib ketdi. Bu haqda viloyat gubernatori Aleksandr Bogomaz «Rossiya-24» telekanali orqali ma’lum qildi.
«Magistral yöldagi köprik Klimov-Moskva poyezdi harakatlanayotganda portlatilgan, uning içida 388 yölovçi bölgan», — dedi Bogomaz.
Bryansk viloyatida köprikning qulaşi oqibatida qurbon bölganlar soni 70 nafardan oşdi, deya keyinroq OAVga ma’lum qildi Aleksandr Bogomaz.
Bryansk viloyatida Vigoniçskiy tumanidagi poyezd halokati munosabati bilan uç kunlik motam e’lon qilindi. Motam 2 iyunda boşlanib, 4 iyunda tugaydi. Bu vaqt davomida butun Bryansk viloyatida Rossiya, viloyatning özi va munitsipalitetlarning bayroqlari tuşiriladi.
Bryansk viloyatida joylaşgan madaniy muassasalar va teleradiokompaniyalar barça köngiloçar tadbirlar va köngiloçar dasturlarning translatsiyalarini bekor qiladi.
1 iyun, yakşanbaga ötar keçasi Kursk viloyatida temiryöl köprigi ham qulab tuşdi. Hodisa Jyeleznogorsk viloyatida Ostapovo — Mixaylovskiy Rudnik uçastkasida sodir bölgan, öşa paytda köprikdan yuk lokomotivi ketayotgan edi.
Qayd etilişiça, qulaş natijasida uç kişi jarohatlangan: haydovçi va uning ikki yordamçisi örtaça darajada tan jarohati olgan. Lokomotiv relsdan çiqib ketgan va uçta vagon qulab tuşgan.
Kursk viloyati gubernatori vazifasini bajaruvçi Aleksandr Xinşteynning aytişiça, vagonlar yölga tuşib ketgan.
«Poyezdning bir qismi köprik ostida joylaşgan yölga qulab tuşdi. Teplovozda yonğin sodir böldi, biroq Favqulodda vaziyatlar vazirligi tezda uni nazoratga oldi», — dedi u.
Köprik ostidagi yöl yopilgan, voqea joyida barça favqulodda xizmatlar işlamoqda.
Kursk va Bryansk viloyatlaridagi köpriklarning qulaşiga portlaşlar sabab bölgan. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Tergov qömitasining rasmiy vakili Svetlana Petrenko ma’lum qildi.

















