Ukraina Qurolli kuçlari Rossiya Federatsiyasining Kursk viloyatidagi Rilsk şahriga raketa zarbasi berdi. Dastlabki ma’lumotlarga köra, uç kişi jarohatlangan. Bu haqda viloyat gubernatori vazifasini bajaruvçi Aleksandr Xinşteyn 11 may, yakşanba kuni Telegramʼda ma’lum qildi.

Uning sözlariga köra, yaradorlar mahalliy şifoxonaga yetkazilgan: ikki erkak boşi va qöllaridan qattiq jarohat olgan. Bu bemorlarning ahvoli oğir, deya qöşimça qildi Xinşteyn. Uning sözlariga köra, yana bir ayol bilak va son qismidan jarohatlar olgan - uning hayoti xavf ostida emas. Yaqin kunlarda yaradorlar Kursk viloyati kasalxonasiga yotqiziladi.

Şaharga kiraverişdagi mehmonxona jiddiy şikastlangan: birinçi qavatda avtoyuviş şoxobçasi, ikkinçi qavatda mehmonxona xonalari joylaşgan.

Şuningdek, ikkita avtomobil va ikkita şaxsiy uy zarar körgan. Gubernator vazifasini bajaruvçining qöşimça qilişiça, uçta maşinaga ham jiddiy zarar yetgan.