Rossiya Oliy sudi uruş qatnaşçilarini jinoiy javobgarlikdan ozod qiliş mexanizmini töldirişni va Ukrainada jang qilişga rozi bölganlar jinoiy işlarini nafaqat tergov bosqiçida, balki sud jarayonlarining özida ham töxtatib qöyişni taklif qildi. Bu haqda 13 avgust, seşanba kuni TASS xabar berdi.
Agentlik ma’lumotlariga köra, tegişli qonun loyihasi Oliy sud plenumida taqdim etilgan va uni Davlat dumasiga kiritiş rejalaştirilgan.
2024 yil mart oyidan boşlab jinoyat qonunçiligiga harbiy xizmatga çaqirilgan yoki qurolli kuçlar bilan şartnoma tuzgan şaxslarga nisbatan jinoyat işlarini töxtatib turiş va ehtiyot çoralarini bekor qiliş imkonini beruvçi özgartişlar kuçga kirdi. Şu bilan birga, jinoiy javobgarlikdan ozod qiliş faqat dastlabki tergov bosqiçida - iş sudga topşirilgunga qadar, şuningdek hukm çiqarilgandan keyin amalga oşişi mumkin.
Oliy sud qonun loyihasi uşbu mexanizmni sud muhokamasi bosqiçida, jinoyat işi sudga yuborilgan va birinçi instansiya yoki apellyatsiya sudida bölganida qöllaşni taklif qilmoqda, deb yozadi TASS. Iş birinçi bölib kelib tuşgan sud, hukm çiqargan sud yoki apellyatsiya instansiyasi jinoyat işini töxtatib turişi va ehtiyot çorasini bekor qilişi mumkin.












