Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatçisi Mixail Podolyakning ta’kidlaşiça, Kiyev öz hamkorlari bilan Ukraina Qurolli kuçlari Kursk viloyatidagi hujumini boşlaşdan avval muhokama qilgan. Bu fikr Podolyakning 14 avgust, çorşanba kuni çop etilgan Britaniyaning The Independent gazetasiga bergan intervyusida keltirilgan.
«Ayrim narsalar borki, ular hayratlanarli element bilan amalga oşirilişi va mahalliy darajada sodir bölişi kerak», dedi u. «Biroq, hamkor kuçlar örtasida munozaralar böldi, faqat jamoatçilik darajasida emas», - deya qöşimça qildi Podolyak.
Avvalroq Ukrainaning Ğarbdagi asosiy ittifoqçilari, jumladan Britaniya va Qöşma Ştatlar hujum haqida oldindan xabardor etilmaganini rasman da’vo qilgan edi.
Storm Shadow ehtimoliy zarbalari haqida
Podolyak şuningdek, Britaniya boş vaziri Kir Starmer bilan Britaniyaning Storm Shadow uzoq masofali, havodan uçiriladigan qanotli raketalaridan Rossiya hududiga çuqur zarba beriş uçun foydalaniş imkoniyati haqida gaplaşganiga aniqlik kiritdi, ammo u rad javobini olgan.
«Ukraina yo raketa va artilleriya zarbalari beriladigan bazalarni yöq qilişi yoki zenit qurollari bilan özini himoya qila olişi kerak, bu munozaraning parametrlarini tuşuna olmayapman. Biz qila olmayapmiz, çunki bizda bu yetarli emas», deya qöşimça qildi u.
«Işonçim komilki, agar (uzoq masofaga möljallangan) qurollardan foydalanişga norasmiy taqiq olib taşlanganida, uruş manzarasi butunlay boşqaça körinişga ega bölardi», - deya The Independent gazetasi Podolyakning sözlaridan iqtibos keltirdi.
AQŞ Kiyevning maqsadlariga oydinlik kiritmoqçi
Avvalroq AQŞ Davlat departamenti vakili Metyu Miller Qöşma Ştatlar Kiyevning hujumi haqida oldindan ogohlantirmagani, bu taktik harakatlar uçun odatiy hol ekanini ta’kidlab ötgandi.
«Aniq operatsiyaga kelsak, biz ular (ukrainaliklar) bilan boğlanib, maqsadi nima ekanligini aniqlaşga harakat qilamiz», dedi Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per. Uning qöşimça qilişiça, Vaşington «Ukraina tomoni Rossiya agressiyasidan himoyalaniş uçun zarur bölgan hamma narsaga ega bölişini» ta’minlaşga e’tibor berişda davom etadi.
Milliy xavfsizlik kengaşining strategik aloqalar böyiça koordinatori Jon Kirbi aytişiça, agar Putin Kiyev harakatlaridan «özini biroz noqulay his etayotgan bölsa», u şunçaki «Ukrainadan çiqib ketişi» mumkin.
Podolyak Kiyevning ŞOdagi portlaşlarga aloqadorligini rad etdi
Reuters bilan suhbatda Podolyak, şuningdek, Kiyevning «Şimoliy oqim» (ŞO) va «Şimoliy oqim-2» gaz quvurlarida qöporuvçilik harakatlariga aloqadorligi haqidagi da’volarni rad etdi. «Bunday hujumni faqat katta texnik va moliyaviy resurslar mavjud bölganda amalga oşiriş mumkin», dedi Podolyak. «Hujum paytida bularning barçasi kimda bor edi? Faqat Rossiyada», - deb ta’kidladi u.
Avvalroq Germaniya federal prokuraturasi portlatiş işi böyiça ukrainalik Vladimir J.ni hibsga olişga order bergan edi. Die Zeit naşri yozişiça, iyun oyida Germaniya federal hukumati Vladimir J.ni hibsga oliş uçun orderni u yaşagan Polşaga yuborgan. Taxminlarga köra, erkak mamlakatni tark etişga muvaffaq bölgan.
Rossiyadan Germaniyaga olib boruvçi Boltiq dengizidagi «Şimoliy oqim» va «Şimoliy oqim-2» gaz quvurlarining tört tarmoğidan uçtasi 2022 yil sentabr oyi oxirida portlatilgan.













