Ukraina armiyasining hujumi davom etayotgan Rossiyaning Kursk viloyatida harbiy komendatura taşkil etildi. Bu haqda Ukraina Qurolli kuçlari boş qömondoni Aleksandr Sirskiy Oliy boş qömondonlik ştabining yiğilişida ma’lum qildi.

Uning sözlariga köra, komendatura «huquq-tartibotni, mahalliy aholining barça ehtiyojlarini ta’minlaşi kerak». Unga general-mayor Eduard Moskalyov rahbar etib tayinlandi.

Sirskiyning aytişiça, 15 avgust holatiga köra Ukraina Qurolli kuçlari Kursk viloyatida turli yönalişlarda 500 metrdan 1,5 kilometrgaça bölgan masofada oldinga siljigan va hozirda 1150 kvadrat kilometr maydondagi 82 aholi punkti Ukraina armiyasi nazorati ostida. Umuman olganda, operatsiya boşlanganidan beri Ukraina Qurolli kuçlari Kursk hududiga 35 kilometr masofaga kirgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi 15 avgust kuni öz hisobotida Rossiya armiyasi Kursk viloyatidagi Krupets qişloği ustidan nazoratni qayta tiklagani, şuningdek, bir neça qişloqlar yaqinida Ukraina qurolli kuçlari hujumlarini qaytarganini ma’lum qildi.

Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga köra, 24 soat içida Ukraina qurolli kuçlari Kursk viloyatida yana 2 kilometr ilgarilagan.