Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov bugun, 16 avgust kuni AOKAda bölib ötgan matbuot anjumanida “Ovoz” loyihasiga budjetdan sarflangan pullar haqidagi tanqidlarga javob qaytardi.

“Bir narsani tuşuninglar, bugungi kunda “Ovoz” loyihasi Özbekistonning imiji uçun xizmat qiladi. Agar şuning uçun 2 milliard [sarflaş] jinoyat bölsa, men roziman. Butun dunyoda – 76 ta davlatda eng top musiqiy şou mana şu böla turib, agar şu 2 milliard pulga malomat qilaversanglar, uyimni sotib bölsa ham beraman oxiri şu pulni.

Şu katta loyiha Özbekistonning nufuziga xizmat qiladimi yoki yöqmi? Kelinglar, oldin şu haqda gaplaşaylik. Şu loyihaning Özbekistonga kirib kelgani Markaziy Osiyoning hammasining közini “poq” etib oçib qöydi-ku. Hammasi menga telefon qilib, “Biz qaçon qatnaşamiz?” deb söraşyapti. Şu kerak emasmi bizga, yurtimizning imiji uçun? Bitta sportçi ham şu işni qilyapti borib, imijimizni kötarib beryapti. Bu ham xuddi şunga öxşagan, Özbekistonni yanada tanitadi. Özbekistonning talantlarini birdan xalqaro maydonda körsatib qöyyapti. Ya’ni ular 76 ta davlatda körilyapti, şunça davlatda e’tiborga tuşyapti. Özbekistonni kartadan qidiryapti odamlar, şu kerak menga.

Şu körsatuv orqali bizga Kubadan ham, boşqa-boşqa davlatlardan ham iştirokçilar kelyapti, qatnaşyapti. Işoninglar, bu iste’dodlarning yuzaga çiqişiga, respublikamizning imijiga xizmat qiladi. Böldi, boşqa narsa bermaydi. Agar yöq, bizga bu kerakmas desanglar, unda bilmadim”, degan vazir.

Ma’lumot uçun, 2024 yil 2 aprel kuni “Talent Show” MÇJ va Madaniyat vazirligi örtasida 2 mlrd sömlik şartnoma imzolangan.

Şartnomaga köra, vazirlik “Ovoz” loyihasi taşkilotçilariga 6 oy davomida gonorar tölaydi. Jumladan, teleloyihada qatnaşuvçi 3 nafar ustoz uçun oyiga 38 mln sömdan jami 684 mln söm, 1 nafar badiiy rahbar uçun oyiga 57 mln sömda jami 342 mln söm, 1 nafar musiqa direktori uçun 38 mln sömdan, 228 mln söm hamda 6 nafar sozandaga 14,5 mln sömdan jami 522 mln söm ajratilişi közda tutilgandi.

Madaniyat vazirligi tomonidan “Ovoz” loyihasiga budjet mablağlari hisobidan 2 mlrd söm ajratilişi haqidagi xabar keng jamoatçilik tomonidan salbiy kutib olindi va hunuzgaça tanqid qilinmoqda.

Ma’lumot uçun, “Ovoz” musiqiy loyihasi The Voice loyihasining rasmiy franşizasi bölib, Özbekiston uni namoyiş etiş huquqini olgan. Loyiha dastlab prodyuser Jon de Mol tomonidan öylab topilgan va 2010 yilda Niderlandiya televideniyesida namoyiş etilgan.

Keyinçalik, loyihani franşiza usulida dunyoning köplab mamlakatlari, masalan, AQŞ, Germaniya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Rossiya, Fransiya, Kanada, Belgiya, Turkiya, Avstraliya, Portugaliya, Braziliya, Tailand, Polşa va Ispaniya kabi davlatlar xususiy telekanallari sotib olgan.

Qayd etiş joiz, boşqa mamlakatlarda bu loyiha uçun davlat budjetidan pul ajratilmaydi, telekanallar uni biznes loyiha sifatida sotib olişgan.