AEXA boş direktori Rafael Grossi Kursk Atom elektr stansiyasiga (AES) borişga tayyor. Bu haqda RBK yozdi.
«Boş direktor Grossi vaziyatni baholaşga, şu jumladan stansiyaga borişga tayyorligini bildirdi», deyiladi xabarda.
17 avgust kuni «Rosatom» boş direktori Aleksey Lixaçev va AEXA rahbari telefon orqali Rossiyaning Kursk AES va Rossiya tomonidan egallab olingan Ukrainaning Zaporijjya AES atrofidagi vaziyatni muhokama qildi. Lixaçev Grossini yaqin kelajakda Kursk AES va Kurçatov şahriga borişga çaqirdi, «işlayotgan atom obekti atrofidagi vaziyatni şaxsan baholaşni» taklif qildi.
Kursk AES Kurçatov şahrida joylaşgan. 40 mingga yaqin aholisi bölgan şaharning özi Ukraina bilan çegaradan taxminan 65 km uzoqlikda joylaşgan. Hozir stansiyada umumiy quvvati 2 ming MVt bölgan ikkita (törttadan) energoblok işlamoqda. U hududdagi barça elektr stansiyalari örnatilgan quvvatining 50 foizidan ortiğini ta’minlaydi.
Avvalroq, Rossiya Taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Ukraina Kursk atom elektr stansiyasiga hujum qilişga tayyorlanayotganini aytgan edi. U BMT va AEXAni «Kiyev rejimi tomonidan tayyorlanayotgan provokatsion harakatlarini zudlik bilan qoralaşga va Kursk atom elektr stansiyasi xavfsizligi buzilişining oldini olişga» çaqirdi.
Ukraina rasmiylarining ta’kidlaşiça, ularda Kursk va Zaporijjya atom elektr stansiyalariga hujum qiliş «istagi ham, qobiliyati ham yöq».












