Turkiya ğarbidagi Izmir şahrida favqulodda xizmatlarning minglab xodimlari ikkinçi sutka şaharning turar joylariga yetib kelgan örmon yonğinlarini öçirişga urinmoqda.
Turkiya içki işlar vaziri Ali Yerlikayaning ma’lum qilişiça, mahalliy hukumat jabrlangan hududlardan 900 ga yaqin odamni evakuatsiya qilgan. Izmirda yonğinni öçirişga 2965 kişi va 600 ga yaqin texnika jalb etilgan.
Izmir şimolidagi Karşiyaka tumanida olov 30 ta binoga zarar yetkazgan. Bundan taşqari, 10 qavatli turar joy binosi yonib ketgan — öt öçiruvçilar zudlik bilan u yerda yaşovçi odamlarni evakuatsiya qilib, alangani öçirgan. Izmirning boşqa hududlari ham bir neçta uy yonib ketgani aytilmoqda.
Yerlikayaga köra, Izmir yaqinidagi Manisa şahri yonğin aholi punktlariga tarqalişi xavfi sabab 1440 kişi evakuatsiya qilingan.
Izmir yaqinidagi yonğin sababi — piknik uçun yoqilgan gulxan
Turkiya Qişloq xöjaligi vazirligi rahbari Ibrohim Yumakli TRT Haber telekanaliga bergan intervyusida Izmir yaqinidagi örmon yonğini «uç kişi piknik uçun gulxan yoqqani» oqibatida kelib çiqqan. Uning sözlariga köra, politsiya aybdorlarni qidiriş bilan şuğullanmoqda. «Viloyatda beqaror va kuçli şamol esmoqda. Xudoga şukrki, yonğinlar oqibatida hali heç bir inson qurbon bölmadi. Albatta, hayvonlar haqida aytmayapman — men ularga çin dildan açinaman», — deydi Yumakli.
Yoz boşidan beri Turkiyada bir neça bor anomal jazirama kuzatildi. TRT ma’lumotlariga köra, 16 avgust kuni örmon yonğinlari kamida oltita şahar va viloyatda, jumladan, Çanoqqal’a, Manisa va Bolu şaharlarida yuzaga kelgan.











