Rossiya Taşqi işlar vazirligi Ukraina böyiça muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uçraganini rad etdi. Idora The Washington Post (WP) naşrining bölajak jarayon Ukraina Qurolli kuçlari (UQK) Kursk viloyatidagi hujumi fonida töxtab qolgani haqidagi ma’lumotiga izoh berdi. Rossiya Taşqi işlar vazirligi vakili Mariya Zaxarovaning bayonoti 18 avgust, yakşanba kuni vazirlik saytida e’lon qilindi.
«Heç kim heç narsani töxtatmadi, çunki töxtatiş uçun heç narsa yöq edi», deydi Zaxarova. Uning versiyasiga köra, Rossiya va Ukraina örtasida «fuqarolik uçun muhim infratuzilma obektlari xavfsizligi böyiça heç qanday töğridan töğri yoki bilvosita muzokaralar bölmagan va hozir ham yöq».
Uning izohida, şuningdek, Rossiya Qurolli kuçlari dunyoni «keng miqyosdagi texnogen falokatdan» himoya qilayotgani aytiladi. Keyinroq bayonotda Moskvaning fikriça, Kiyev harakatlari bilan boğliq bölişi mumkin bölgan «halokatli oqibatlar» yana bir bor tilga olingan.
WP: Qatar Ukraina va Rossiya delegatsiyalari bilan alohida uçraşişi kerak edi
The Washington Post 17 avgustda diplomatlar va rasmiylarga tayanib, avgust oyida Qatar vakillari vositaçi bölib, Ukraina va Rossiya delegatsiyalari bilan alohida uçraşişi kerak bölganini, biroq bilvosita muzokaralar Ukraina Qurolli kuçlarining Kurskka hujumi oqibatida töxtab qolganini xabar qildi.
Gazetaning yozişiça, Moskva va Kiyev Dohaga delegatsiyalar yuborişi kerak edi. Naşrga köra, bölajak kelişuv energetika infratuzilmasiga özaro hujumlarni töxtatiş bilan boğliq edi.
WP diplomatik manbasining qayd etişiça, Rossiya rasmiylari Kursk viloyatidagi voqealardan keyin Qatar rasmiylari bilan uçraşuvni keyinga qoldirgan. Moskva delegatsiyasi bölayotgan voqealarni «eskalatsiya» sifatida qabul qildi, deya ta’kidladi naşr suhbatdoşi va Kiyev Dohani hujum haqida ogohlantirmaganini qöşimça qildi.
«Rossiya muzokaralarni bekor qilmadi», «ular (ruslar): «Bizga vaqt bering», deb aytdilar», dedi diplomat.
Manbaga köra, Ukraina hali ham Dohaga delegatsiya yubormoqçi bölgan, biroq Qatar bir tomonlama uçraşuvni foydali deb hisoblamagani uçun rad javobini bergan. The Washington Post söroviga javoban Ukraina prezidenti idorasi Doha sammiti «Yaqin Şarqdagi vaziyat tufayli» qoldirilganini, ammo 22 avgust kuni video-konferensiya orqali bölib ötişini, şundan söng Kiyev kun tartibini amalga oşiriş böyiça hamkorlari bilan maslahatlaşuvlar ötkazişini ma’lum qildi.
Kreml izoh taqdim etiş töğrisidagi sörovlarga javob bermadi.
Ukraina Kursk viloyatidagi yana bir köprikni vayron qildi
6 avgust kuni Ukraina Qurolli kuçlari Kursk viloyatida keng kölamli hujum operatsiyasini boşladi. Ikkinçi jahon uruşi tugaganidan keyin birinçi marta xorijiy qurolli kuçlar Rossiya Federatsiyasi hududining bir qismini egallab oldi. 9 avgust kuni Rossiya hukumati Belgorod, Bryansk va Kursk viloyatlarida «aksilterror operatsiyasi rejimi»ni joriy etdi.
Ukraina Qurolli kuçlari Havo kuçlari qömondoni general-leytenant Nikolay Oleşçuk 18 avgust kuni Ukraina qöşinlari Kursk viloyatidagi hujum paytida Zvannoye qişloğidagi Seym daryosi ustidagi strategik ahamiyatga ega bölgan köprikni vayron etganini ma’lum qildi. U Rossiya armiyasi uçun katta ahamiyatga ega edi.













